Sönggi yillarda köçmas mulk kadastri va quriliş sohasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilganiga qaramasdan, aholining salmoqli qismida hujjatlaştirilmagan uy-joylar, röyxatdan ötmagan obektlar va rasmiylaştirilmagan meros işlari saqlanib qolmoqda. Şu sabab yer uçastkalari va ularda joylaşgan qurilma hamda inşootlar bilan boğliq meros munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga soliş zarurati mavjud.
Qonun loyihasiga muvofiq, vafot etgan şaxsga belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkazilgan doimiy foydalaniş (doimiy egalik qiliş) yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqi asosida tegişli bölgan yer uçastkalari, agar ular bino va inşootlar bilan band etilmagan bölsa yoki yerdagi bino-inşootlarga bölgan huquqlar davlat röyxatidan ötkazilmagan bölsa ham, meros tarkibiga kiritilişi nazarda tutilmoqda.
Yer uçastkasiga bölgan huquqning meros orqali boşqa şaxsga ötişi notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma asosida Köçmas mulk obektlariga bölgan huquqlarning davlat reyestriga yangi ega haqidagi ma’lumotlarni kiritiş hamda huquqni davlat röyxatidan ötkaziş orqali rasmiylaştiriladi.
Şuningdek, xususiylaştirilgan yer uçastkasiga bölgan mulk huquqi sotib oliş, hadya qiliş, ayirboşlaş, meros qilib oliş va qonunçilikda nazarda tutilgan boşqa asoslarga köra boşqa şaxsga ötganda, mulkdor haqidagi ma’lumotlar davlat reyestriga kiritilib, mulk huquqi belgilangan tartibda röyxatdan ötkaziladi.
Loyihada “Köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş töğrisida”gi qonunga ham qöşimçalar kiritiş nazarda tutilgan. Unga köra, marhumga tegişli yer uçastkalarida joylaşgan va qurilişi tugallangan binolar hamda inşootlarga bölgan mulk huquqi yaqin qarindoşlar arizasiga asosan marhum nomiga davlat röyxatidan ötkazilişi mumkin. Qurilişi tugallanmagan obektlar böyiça ham şunga öxşaş tartib joriy etilişi taklif etilmoqda.













