Epşteyn bilan döstlik tölovi: fayllar e’lon qilinişi kimlarga qimmatga tuşdi?
|17:46 / 24.02.202637 74410 min
AQŞ Adliya vazirligi Jyeffri Epşteyn bilan boğliq yangi fayllarni e’lon qilganidan keyin öndan ortiq kişi öz lavozimi va jamiyatdagi mavqeyini yöqotdi. Kimdir iste’foga çiqişiga töğri kelgan, yana kimlardir tergov qilinmoqda.
«Epşteyn fayllari» e’lon qilinişi ayniqsa siyosat va biznes olamida köplab şov-şuvli mojarolarni keltirib çiqardi. Moliyaçi va baloğatga yetmagan qizlarni zörlaşda ayblangan jinoyatçi Jyeffri Epşteyn özini «Davos konserji» deb atagan va nafaqat biznes hamjamiyati vakillari va siyosatçilar bilan, balki yuridik elita bilan ham aloqada bölgan.
Şu bilan birga, uning köplab taniqli döstlari, jumladan, uning jinoyatlariga şerik bölganlar faqat obrösi tökilişi bilan qutulib qoldi. Ammo arxivdan nomi çiqqanlar orasida real oqibatlarga duç kelganlar ham bor. Quyida şular haqida.
Endryu Mauntbetten-Vindzor
Buyuk Britaniya qiroli Çarlz Uçinçining ukasi, şahzoda Endryu 2025 yil kuzida pedofil Epşteyn bilan aloqalari uçun barça titullaridan mahrum qilingandi. Epşteynning eng maşhur qurboni, 2025 yil bahorida öz joniga qasd qilgan Virjiniya Juffre 17 yoşdaligida Endryu bilan uç marta jinsiy aloqaga majburlanganini aytgan. 2026 yil fevralida Endryu mansab vakolatlarini suiiste’mol qilişda gumonlanib qölga olindi va söroq qiliş uçun mahkamaga olib ketildi. U Buyuk Britaniyaning xalqaro savdo va investitsiyalar böyiça maxsus vakili lavozimida ekanida maxfiy ma’lumotlarni Epşteynga taqdim etgani taxmin qilinmoqda. Söroqdan keyin Endryu qöyib yuborilgan, ammo bu iş böyiça tergov davom etadi.
Tomas Pritsker
Tomas Pritsker mehmonxonalar va kurortlarning global tarmoğini boşqaruvçi Hyatt Hotels korporatsiyasi rahbari lavozimidan iste’foga çiqişga majbur bölgan. 2024 yilda Virjiniya Juffre öz körsatmasida Pritsker tomonidan jinsiy zöravonlikka uçraganini bayon qilgandi. Uning özi bu ayblovni rad etgan, lekin Epşteyn bilan yaqindan taniş bölganini tan olgan.
Sulton Ahmad ibn Sulayim
Birlaşgan Arab Amirliklaridan bölgan tadbirkor, logistika sohasi gigantlaridan biri DP World kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi hamda boş direktori bölgan Sulton Ahmad ibn Sulayim Epşteyn bilan yaqin aloqalarini foş qilgan yozişmalari e’lon qilinişi ortidan iste’fo berdi. Rasmiy bayonotda iste’fo sababi töğridan töğri keltirilmagan.
Bred Karp
1875 yilda taşkil etilgan Paul, Weiss, Rifkind, Wharton & Garrison nomli yirik yuridik firmani 2008 yildan buyon boşqarib kelgan Bred Karp ham Epşteyn bilan yozişmalar oşkor bölganidan keyin öz lavozimini tark etdi. Iste’foga çiqiş töğrisidagi arizada «sönggi yangiliklar Karpni jamoatçilik diqqat markaziga qöygani, bu esa kompaniya manfaatlariga töğri kelmasligi» haqida gap ketadi. Lekin Epşteynning nomi tilga olinmagan.
Mavzuga oid
Keysi Vasserman
Amerikada köplab taniqli sportçilar va musiqaçilarning manfaatlarini ifoda qiluvçi eng yirik agentliklardan birining asosçisi va rahbari bölgan Keysi Vasserman Epşteyn bilan aloqalari haqidagi ma’lumotlar oşkor bölişi fonida öz biznesini sotişini e’lon qildi. Uning Epşteyn bilan aloqasi oşkor bölganidan söng, yuqori martabali mijozlarning bir qismi uning xizmatlaridan voz keçdi. Vasserman 2028 yil Los-Anjyelesda bölib ötadigan Olimpiadaga tayyorgarlik köriş qömitasiga rahbarlik qiladi – uni lavozimidan çetlatiş töğrisidagi petitsiyani allaqaçon minglab odamlar imzolagan.
Keti Ryummler
Goldman Sachs banki yuridik boşqarmasi rahbari, Barak Obama prezidentligi davrida Oq uyning yuridik maslahatçisi bölgan Keti Ryummler iste’foga çiqqanini e’lon qildi. U Epşteyn bilan köp marta yozişgan va uçraşgan, undan sovğalar olgan, u jinsiy jinoyatlarda ayblanganida uni himoya qilişga uringan.
Larri Sammers
AQŞ sobiq moliya vaziri va Harvardning sobiq prezidenti Epşteyn bilan yozişmalari oçiqlangaç, ta’lim sohasidagi faoliyatini yakunladi va OpenAI direktorlar kengaşini tark etdi.
Piter Mandelson
Leyboristlar partiyasining muhim arboblaridan biri, 72 yoşli lord Piter Mandelson «Epşteyn fayllari» e’lon qilingaç, Buyuk Britaniyaning AQŞdagi elçisi lavozimini tark etdi. U 1990-yillar oxirida Britaniya savdo va sanoat vaziri ekanida hukumatning moliyaviy qarorlari haqidagi yopiq ma’lumotlarni Epşteynga yetkazişda gumonlanmoqda. Politsiya uni ham söroq qiliş uçun qölga olgan va keyin garov evaziga qöyib yuborgan. Tergov-suriştiruv işlari davom etmoqda.
Morgan Maksuini
Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmerning yaqin kişilaridan biri bölgan Morgan Maksuini Epşteyn bilan şaxsiy aloqalarga ega bölmasa ham Mandelson AQŞdagi elçi lavozimiga tayinlagani uçun javobgarlikni öz zimmasiga olib, boş vazir apparatini tark etdi.
Miroslav Layçak
Öz vaqtida BMT Boş Assambleyasiga raislik qilgan Miroslav Layçak Slovakiya boş vazirining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi lavozimidan iste’foga çiqdi. E’lon qilingan hujjatlarda uning Epşteyn bilan yozişmalari, jumladan, ayollar haqidagi hazillari va Sergey Lavrov bilan aloqalari haqida söz borgan. Layçak Epşteyn bilan munosabatlarni saqlab qolişda xatoga yöl qöyganini tan oldi, ammo jinoyatlar haqidagi har qanday ayblovlarni rad etdi.
Piter Attia
Uzoq umr köriş ğoyalari tarğibotçisi Piter Attia oqsilli batonçalar işlab çiqaruvçi David Protein brendining fan böyiça direktori lavozimidan ketdi. Şuningdek, oziq-ovqat qöşimçalari işlab çiqaruvçi AG1 kompaniyasi u bilan maslahatçi sifatidagi hamkorlikni töxtatdi. Attia omma oldida uzr söradi va Epşteynning jinoyatlariga aloqasi yöqligini aytdi.
Sara Fergyuson
Sobiq şahzoda Endryuning sobiq rafiqasi Sara Fergyuson Jyeffri Epşteyn pedofilligi uçun qamalib çiqqanidan keyin ham u bilan aloqalarni davom ettirgani oşkor bölgaç, öz xayriya fondini yopdi.
Turborn Yagland
Norvegiyaning sobiq boş vaziri va Yevropa kengaşining sobiq boş kotibi Turborn Yaglandga korrupsiya böyiça jiddiy ayblov qöyildi. Tergov uning Epşteyn bilan yozişmalarini, jumladan, Epşteynning Yagland orqali Rossiya rahbariyatiga çiqişga urinişlarini örganmoqda. Yagland tergov bilan hamkorlik qilişga tayyorligini bildirdi.
Mona Yuul va Tere Ryod-Larsen
1993 yilda Isroil va Falastin Ozodlik Taşkiloti örtasida Oslo kelişuvlarini tuzişda asosiy şaxslar qatorida bölgan norvegiyalik er-xotin diplomatlar Mona Yuul va Tere Ryod-Larsen Epşteyn ularga millionlab dollarlarni vasiyat qilgani ma’lum bölgaç, korrupsiyaga qarşi tergovda ayblangan. Yuul Norvegiyaning Iordaniya va Iroqdagi elçisi lavozimidan ayrildi.
Jak Lang va Karolin Lang
Muqaddam Fransiya madaniyat vaziri va ta’lim vaziri lavozimlarida işlagan Jak Lang Parijdagi Arab dunyosi instituti rahbarligidan, uning qizi Karolin esa Fransiya mustaqil kinoprodyuserlar ittifoqi rahbari lavozimidan ketdi. «Epşteyn fayli» tufayli ular Epşteyn bilan birga bitta ofşor kompaniyasiga egalik qilgani ma’lum bölgan. Jak Lang va Karolin Lang Epşteynning jinoyatlariga aloqadorligini rad etişgan.
Devid Ross
Zamonaviy san’at olamining nufuzli arbobi hisoblangan Devid Ross Nyu York tasviriy san’at maktabining magistratura dasturi rahbari lavozimini tark etdi. E’lon qilingan yozişmalardan ma’lum bölişiça, u köp yillar davomida Epşteyn bilan döstona munosabatda bölgan, 2008 yilda birinçi marta sudlanganidan keyin unga hamdardlik bildirgan, şuningdek, u bilan yalanğoç ösmirlar tasvirlari körgazmasi ğoyasini muhokama qilgan.
Joanna Rubinşteyn
Şvetsiyalik xayriyaçi Joanna RubinşteynBirlaşgan Millatlar Taşkilotining Qoçqinlar böyiça agentligi uçun mablağ yiğuvçi jamğarma rahbari lavozimini tark etdi, u Epşteyn sudlanganidan keyin uning oroliga taşrif buyurgani ma’lum bölgan. U Epşteynning jinoyatlari kölamidan keyinroq xabar topganini aytgan.
***
2008 yilda fohişalikni taşkil etişda aybini tan olgan va voyaga yetmagan qizni zörlagani uçun sudlangan Jyeffri Epşteyn 2019 yil yozida AQŞda qayta hibsga olingan va qizlar, jumladan, 14 yoşli qizlar savdosi va ularni fohişalikka jalb qilişda ayblangan edi. Öşa yilning avgust oyida 66 yoşli milliarder qamoqxonada jonsiz holda topildi. Uning jazmani va şerigi, Buyuk Britaniya fuqarosi Gisleyn Maksvell esa jinsiy ekspluatatsiya maqsadida odam savdosiga yordam bergani uçun 20 yillik qamoq jazosini ötamoqda.
2026 yil 16 fevral kuni AQŞ boş prokurori Pem Bondi Epşteyn fayllarida tilga olingan 300 nafar maşhur va siyosatçilarning röyxatini e’lon qildi. Ular orasida prezident Donald Tramp, sobiq prezident Barak Obama va uning rafiqasi Mişel Obama, Microsoft asosçisi Bill Geyts, aktyor Bill Kosbi, aktyor Robert De Niro, sobiq prezident Bill Klinton va uning rafiqasi Hillari Klinton bor.
Şuningdek, hujjatlarda Britaniya şahzodasi Harri, rejissyor Vudi Allen, sobiq vitse-prezident Kamala Harris, Meta asosçisi Mark Tsukerberg, xonanda Bryus Springstin, tadbirkor Ilon Mask, Rim papasi Ioann Pavel II, siyosatçi Nensi Pelosi, Vakillar palatasidagi demokratlar yetakçisi Hakim Jyeffris, aşulaçi Bono, xonanda Beyonse va boşqalar bor.
Lekin uşbu şaxslarning ismi-şarifi fayllarda tilga olinişi heç qanday noqonuniy harakatlarni yoki hatto Epşteyn bilan bevosita aloqani nazarda tutmaydi. Epşteyn ulardan aksarining nomlarini boşqalar bilan yozişmalarda tilga olgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi