Yiğilişda qayd qilinişiça, elektr energiyasi böyiça jami generatsiya quvvatlari 25,8 ming megavattga yetdi. Şundan quyoş, şamol va gidroenergetika 8 ming megavattni, ya’ni umumiy hajmning 31 foizini taşkil etmoqda. 2026 yilda elektr energiyasi işlab çiqariş hajmini 90 milliard kilovatt-soatga yetkaziş rejalaştirilgan bölib, bu 2020 yilga nisbatan 40 foiz ösiş demakdir.
Joriy yilda iqtisodiy ösiş hamda tarmoqlarda işlab çiqariş hajmlarining oşişi hisobiga elektr iste’moli yana 1 milliard kilovatt-soatga ortişi kutilmoqda. Şu munosabat bilan aholi va iqtisodiyot ehtiyojlariga mos ravişda energiya resurslarini uzluksiz yetkazib beriş, tarmoqlarni yangilaş, investitsiyalarni köpaytirib, yirik loyihalarni öz vaqtida işga tuşiriş birinçi navbatdagi vazifa sifatida belgilandi.
Bugungi kun holatiga köra, yoqilği-energetika majmuasidagi investitsiya portfeli 133 ta loyihani qamrab olgan bölib, umumiy qiymati 51,4 milliard dollarni taşkil etmoqda. Şundan 43 milliard dollarlik 73 ta yirik loyiha böyiça tizimli yondaşuv qilib, yil yakuniga qadar 6 ming 770 megavatt yangi quvvatlarni işga tuşiriş zarurligi körsatib ötildi. Bu 2,8 ming megavatt quyoş, 2,5 ming megavatt issiqlik, 470 megavatt şamol, 68 megavatt gidroenergetika quvvatlari hamda 884 megavatt energiya saqlaş tizimlaridir.

Biroq ayrim loyihalarni kelişiş va yer ajratiş bilan boğliq jarayonlarda turli sustkaşliklarga yöl qöyilayotgani oqibatida mavjud loyihalarni kengaytiriş hamda yangilarini boşlaş orqaga surilayotgani tanqid qilindi. Mutasaddilarga yer ajratiş va toifasini özgartiriş işlarini tezlaştiriş topşirildi.
Umuman, joylarda energetikani rivojlantiriş va energotejamkorlikni ta’minlaşda Energetika vazirligi hamda hokimliklar yaqin hamkorlik va muvofiqlaşuv asosida işlaşi zarurligi qayd etildi.
Loyihalarni amalga oşirişda mahalliy işlab çiqaruvçilar va mahsulotlar iştirokini yanada kengaytiriş muhim ekani ta’kidlandi. 2025 yilda investitsiya loyihalarida mahalliy komponent uluşi 737 million dollarni taşkil etgan bölsa, 2026 yilda bu körsatkiçni 1 milliard dollardan oşiriş maqsad qilingan.
Jumladan, ötgan yili transformator işlab çiqariş zavodi işga tuşdi. Joriy yilda yangi turdagi kabel va muftalarni, şamol elektr stansiyalari minoralari va parraklarini mahalliylaştiriş loyihalarini işga tuşiriş, energiya saqlaş tizimlarini mahalliylaştiriş loyihasini boşlaş rejalaştirilgan.








