Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlar kesimida oziq-ovqat ishlab chiqarish: eng katta ulush Toshkent shahrida
2025 yilda O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 152,1 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 9,7 foizga oshgan.
Foto: iStock
Hisobotga ko‘ra, hududlar kesimida eng yuqori ishlab chiqarish hajmi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan — 27,6 trln so‘m. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (21,5 trln so‘m) va Samarqand viloyati (19,5 trln so‘m) qayd etilgan.
Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha quyidagi hududlar yuqori ko‘rsatkichlarni namoyish etgan:
- Farg‘ona viloyati — 11,6 trln so‘m;
- Buxoro viloyati — 11,3 trln so‘m;
- Qashqadaryo viloyati — 10,2 trln so‘m;
- Andijon viloyati — 9,6 trln so‘m;
- Namangan viloyati — 8,5 trln so‘m;
- Navoiy viloyati — 7,9 trln so‘m.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6,6 trln so‘m, Xorazm viloyatida 6 trln so‘m, Sirdaryo viloyatida 5,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Eng kam ko‘rsatkichlar esa Jizzax viloyati (3,3 trln so‘m) va Surxondaryo viloyati (3,2 trln so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mutaxassislar fikricha, yirik sanoat korxonalarining asosiy qismi poytaxt va sanoat infratuzilmasi rivojlangan hududlarda joylashgani ishlab chiqarish hajmidagi ushbu farqni izohlaydi. 2025 yil yakunlari mamlakatda oziq-ovqat sanoati barqaror o‘sish sur’atlarini saqlab qolayotganini ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
13:21
Statistika: yashash va ovqatlanish xizmatlari bozorida ikki xonali o‘sish
07:36
Qaysi davlatlarda aholi poytaxtda jamlangan? (Xarita)
07:23 / 24.02.2026
Jahon miqyosida mis zaxiralari: Yer qa’rida qancha mis bor?
17:14 / 21.02.2026