Özbekiston Koreya Respublikasida bölib ötgan Örmonlar va iqlim masalalari böyiça Koreya – Markaziy Osiyo vazirlar forumi va Vazirlar dialogida mintaqada «yaşil» hamkorlikni kengaytiriş böyiça qator yangi taşabbuslarni ilgari surdi.

Tadbirda Özbekiston prezidentining ekologiya masalalari böyiça maslahatçisi - Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov iştirok etdi.

Forumda Özbekistonda kökalamzorlaştiriş va degradatsiyaga uçragan yerlarni tiklaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar taqdim etildi.

Maʼlum qilinişiça, «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida 1 milliarddan ortiq köçat ekilgan. Mamlakatning kökalamzorlaştiriş darajasi 8 foizdan 14 foizgaça oşgan. 2030-yilga borib uşbu körsatkiçni 30 foizga yetkaziş maqsad qilingan.

Şuningdek, Orol dengizining qurigan tubida qariyb 2 million gektar maydonda örmonzorlar barpo etilgani maʼlum qilindi.

Vazirlar dialogida Özbekiston «Koreya – Markaziy Osiyo: Yaşil hamkorlik» formati hamda «Markaziy Osiyoning yaşil qalqoni» taşabbusini amaliy bosqiçga ötkazişni taklif qildi.

Buning uçun Koreya Respublikasi, BMTning Çöllanişga qarşi kuraş töğrisidagi konvensiyasi (UNCCD) va Osiyo örmon xöjaligi hamkorlik taşkiloti (AFoCO) iştirokida tajriba hududlarini belgilaş taklif etildi. Şuningdek, aniq ölçanadigan körsatkiçlar, amalga oşiriş muddatlari va moliyalaştiriş mexanizmlarini işlab çiqiş nazarda tutilgan.

Saksovulzorlar uçun raqamli atlas

Özbekiston tomoni saksovulzorlarni saqlaş va modernizatsiya qiliş böyiça alohida mintaqaviy dastur yaratiş taşabbusini ham ilgari surdi.

Dastur saksovulning genetik xususiyatlarini örganiş, uruğçilik texnologiyalarini rivojlantiriş, saksovulzorlarni sunʼiy yöldoşlar orqali kuzatiş va sunʼiy intellektdan foydalanişni qamrab olişi közda tutilgan.

Şuningdek, Markaziy Osiyodagi saksovulzorlarning yagona raqamli atlasini yaratiş taklif qilindi.

Markaziy Osiyo uçun uglerod habi