
Toşkentda haydovçilik guvohnomasi bölmagan ösmir yigit BMW M4 avtomobilida YPX xodimini urib ketgani yuzasidan jinoyat işi qözğatildi.
Poytaxt IIBB xabariga köra, YTH natijasida inspektor turli jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan, uning holati soğliqni saqlaş vaziri tomonidan nazoratga olingan.
Köça poygasi
Voqea 25 fevral kuni soat 21:46 da, Mirobod tumanida röy bergan. 2010 yilda tuğilgan, xususiy maktabning Doniyor ismli 10-sinf öquvçisi BMW M4 avtomobilini (davlat raqami 010210OC) haydovçilik guvohnomasisiz boşqargan va, rasmiy reportajdan anglaş mumkinki, köça poygasida iştirok etayotgan bölgan.
“Ayrim şaxslar oxirgi vaqtlarda avtotransport vositalarini belgilangan tezlikdan keskin oşirgan holda boşqarişi, şuningdek, özaro noqonuniy poygalar uyuştirişi holatlari kuzatilmoqda. Bu şunçaki tartibbuzarlik emas, bu – inson hayotiga qarşi bee’tiborlik, bu – jamoat xavfsizligiga oçiqdan oçiq tahdid”, – dedi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati boşliği Muzifa Sultonova.
Ota-ona avval ham javobgarlikka tortilgan

Doniyorning ota-onasi oxirgi paytlarda ikki marta: avvaliga 2025 yil sentabrida, keyinroq 2026 yil yanvarida MJtKning 47-moddasi (bolaga tarbiya bermaslik) bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan va profilaktik suhbat ötkazilgan.
Sentyabrdagi jarimaga bolaning maktabda dars qoldirgani sabab bölgan, joriy yil yanvar oyida u özboşimçalik bilan avtomobil boşqarib, qöpol ravişda yöl harakati qoidalarini buzgan. Bu qoidabuzarlik videosi internetda tarqalgan edi: yigit boşqa bir BMW avtomobili bilan YPX xodimining töxtaş işorasiga böysunmasdan ketib qolgan.
Maşina egasi – qoidabuzar-retsidivist













