Harbiy harakatlar tufayli 1 mart kuni ham Yaqin Şarqdagi aeroportlar yopiqligiça qolmoqda. France 24 ma’lumotiga köra, Isroil, Qatar, Suriya, Eron, Iroq, Kuvayt, Bahrayn va Birlaşgan Arab Amirliklari öz havo kengliklarini yopişgan.
Yaqin Şarqdagi asosiy aeroportlar – Dubay, Abu-Dabi va Doha aeroportlari yopilgan. Yaqin Şarqda işlovçi aviakompaniyalar 1800 dan ortiq reyslarni bekor qilişgan.
Aviatsiya sohasini tahlil qiluvçi Cirium kompaniyasi ma’lumotiga köra, uşbu aeroportlarda işlovçi eng yirik uçta aviakompaniya – Emirates, Qatar Airways va Etihad – odatda kuniga 90 ming atrofidagi yölovçiga xizmat körsatadi.
AQŞ va Isroil 28 fevral kuni tongida Eronga qarşi uruş boşlab, mamlakatdagi harbiy obektlar böylab davomli zarbalar yölladi. Eron esa bunga javoban Isroil hududiga va Amerikaning mintaqadagi harbiy bazalariga hujum qilmoqda. Bir qança aeroportlar, jumladan, Dubaydagi aeroport ham zarbalar ostida qolgan.









