Jahon | 11:24
6915
1 daqiqa o‘qiladi

Eron hukumati: AQSh bilan muzokara olib borilmaydi

Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Larijoniy Tehron AQSh bilan muzokara olib bormasligini ma’lum qildi. Uning bayonoti Eron rahbariyati muzokara tashabbusi bilan chiqqan, degan xabarlar fonida yangradi.

Ali Larijoniy Foto: REUTERS/Aziz Taher

Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Larijoniy Tehron Vashington bilan muzokara olib borish niyati yo‘qligini bildirdi.

“Biz Qo‘shma Shtatlar bilan muzokara olib bormaymiz”, — deb Larijoniy X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

Avvalroq The Wall Street Journal Larijoniy muzokaralar tashabbusi bilan chiqqanini va bu taklifni vositachilar orqali AQShga yetkazganini yozgan edi.

AQSh prezidenti Donald Tramp The Atlantic’ga aytishicha, Eronning yangi rahbariyati undan muzokaralarni qayta tiklashni so‘ragan va u bunga rozi. Tramp so‘rov kim tomonidan bildirilganini aniq aytmagan.

Ali Larijoniy — urushning ilk ikki kunidan omon chiqqan Eron rahbariyatidagi eng yuqori lavozimli shaxslardan biri. Eronning oliy rahbari Ali Xominaiy urushning birinchi kunida o‘ldirilgan, hozir mamlakatni vaqtinchalik kengash boshqarmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid