Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uklon kompaniyasi va Volontyorlar – Ko‘ngillilar uyushmasi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi
Memorandum tomonlarning hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish rejalarini mustahkamlaydi. Uklon kompaniyasi uchun bu ijtimoiy tashabbuslar sohasida tizimli faoliyat olib borish yo‘lida qo‘yilgan qadamdir. Bunday birinchi tashabbus - Ramazonga bag‘ishlangan xayriya loyihasi hisoblanadi.
Ramazon oyida Uklon kompaniyasi xayriya tashabbusini ishga tushirdi: kompaniya rayderlar tomonidan haydovchilarga qoldirilgan choychaqa (tips) summasini ikki barobarga oshiradi. Haydovchilar o‘z choychaqalarini to‘liq hajmda oladilar, ikki barobarga oshirilgan qo‘shimcha summa esa ijtimoiy loyihalarga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi tashabbuslarni amalga oshirish jarayonida maslahat va tashkiliy ko‘mak ko‘rsatadi. Bir oy davomida har shanba kuni ijtimoiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ulardan biri allaqachon Food for Life jamoasi bilan hamkorlikda mexr saxovat uyida amalga oshirildi.

Uklon kompaniyasining O‘zbekistondagi Bosh menejeri Eduard Kovtun:
“Ijtimoiy mas’uliyat biz uchun — bu tizimli va uzoq muddatli hamkorlikdir. Biznes maqsadlari jamiyat manfaati bilan birga yurishi muhim: ushbu sohadagi hamkorliklar loyihalarni kompaniya uchun ham, jamiyat uchun ham mazmunli qilish imkonini beradi”, — deb ta’kidladi.
«Biz uchun biznes nafaqat g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashi, balki jarayonda bevosita ishtirok etishga tayyor bo‘lishi muhim. Professional hamjamiyat ekspertizasi va biznes imkoniyatlari birlashganda, tashabbuslar tezroq rivojlanadi va ko‘proq real foyda keltiradi», — deya qo‘shimcha qildi O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi direktori Shirin Abidova.
Memorandumning imzolanishi hamda Ramazon oyida tashabbuslarning yo‘lga qo‘yilishi Uklon kompaniyasining hamkorlikni rivojlantirish va biznesning ijtimoiy masalalardagi rolini kuchaytirishga qaratilgan izchil yondashuvini aks ettiradi.

Kompaniya haqida:
Uklon — mahsulotga yo‘naltirilgan servis IT-kompaniya bo‘lib, shu nomdagi onlayn avtomobil chaqirish xizmatini ishlab chiquvchi kompaniya hisoblanadi. 2025 yil aprel oyidan boshlab kompaniyaning korporativ huquqlarining 97 foizi Ukrainaning eng yirik elektron kommunikatsiyalar operatori — Kyivstar kompaniyasiga tegishli. Kyivstar xalqaro raqamli operatorlar guruhi — VEON tarkibiga kiradi. VEON 160 milliondan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatadi va telekommunikatsiya, raydxeyling, striming, medtex, fintek hamda boshqa yo‘nalishlarda xizmatlar taqdim etadi. VEON aksiyalari NASDAQ fond birjasida kotirovka qilinadi.
O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi — butun mamlakat bo‘ylab volontyorlik faoliyatida ishtirok etayotgan tashabbuslar va faol volontyorlarni birlashtiruvchi jamoat tashkilotidir. Assotsiatsiya volontyorlik harakatini rivojlantirish, ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va tajriba almashishga ko‘maklashadi. Shuningdek, volontyorlar, mahalliy hamjamiyatlar va hamkorlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik platformasi sifatida faoliyat yuritib, dolzarb ijtimoiy muammolarni amaliy hal etishga yo‘naltirilgan.
Sayt: https://uz.uklon.eu/
Instagram: https://www.instagram.com/uklondriver_uz/
Telegram: https://t.me/uklondriveruz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:00 / 08.04.2026
Uklon Ramazon oyida amalga oshirilgan xayriya tashabbuslari yakunlarini sarhisob qildi: yordam uchun qariyb 7 tonna mahsulot yo‘naltirildi
13:48 / 24.12.2025
Toshkentda Uklon haydovchilari o‘rtasida BYD Chazor yakuniy o‘yini bo‘lib o‘tdi
14:59 / 22.09.2025
Uklon: safar uchun -70% gacha chegirma!
17:00 / 27.08.2025