Rossiya hukumati ukrainlar Wildberries va Ozon marketpleyslariga zarba berişini kutmagandi, dedi Vladimir Putin «Delovaya Rossiya» qurultoyida çiqiş qilib.

«Siz aytgan muammolardan xabarim bor – afsuski, biz duşmanning ham Wildberries, ham Ozon platformalariga nisbatan harakatlariga duç keldik. Darvoqe, ular doim şunday qadamlarni taşlaydilarki, oçiğini aytganda, biz bularni oldindan köra bilişimiz kerak edi. Ammo biz ular bu darajaga bormaydi deb öylagandik», – dedi Putin. U Wildberries asosçisi Tatyana Kimning Ukrainaning kompaniya omborlariga bergan zarbalari haqidagi çiqişiga şunday munosabat bildirdi.

U sözida davom etib, Rossiya bunday zarbalarga «javob qaytarişni boşlagaç», Ukraina tomoni «homiylarining oldiga çopib, [Rossiyaga] taʼsir körsatiş va töxtatişni yolvorib söraşi»ni aytadi. U energetika obyektlari böyiça ham xuddi şunday holat takrorlanganini taʼkidlaydi. Şu bilan birga, Ukrainaning Rossiyadagi neftni qayta işlaş zavodlari böylab yöllagan sönggi zarbalari «jiddiy bölmagani»ni qöşimça qilgan.

Putin Rossiya allaqaçon bu hujumlarga javob qaytarişni boşlaganini qayd etgan: «Ular birinçi bölib qadam taşladi. Biz javob qaytarişni boşladik. Hozir u tomonda energetika böyiça ham, boşqa obyektlar, jumladan, maʼlumotlarni qayta işlaş markazlari va şu kabilar yuzasidan ham dod-voy solişyapti. Buni ularning özi boşladi. Boşlamaslik kerak edi. Bu qadamni qöyişdan avval uning oqibatlari haqida yaxşilab öylab köriş lozim edi».

  • «Agentstvo» bu Putin maʼlumotlarni qayta işlaş markazlari böylab zarbalar yuzasidan ilk bor munosabat bildirişi ekanini qayd etgan. Şu bilan birga, kontekstdan u qaysi tomonning zarbalarini nazarda tutgani tuşunarsiz: Ukraina qurolli kuçlarining «Yandeks» va Sberning maʼlumotlarni qayta işlaş markazlariga zarbalarinimi yoki Rossiyaning şu kabi hujumlarinimi.

  • Sentabr oyida Rossiya Ukrainadagi bir neça data-markazlarga hujum qilgan, Rossiya mudofaa vazirligi esa Kiyevga «raqamli detoks» bilan tahdid qilgandi. 10-oktabr kuni, Ukraina qurolli kuçlarining «Yandeks»ga hujumlari boşlanganidan söng, Rossiya Ukrainaning Tenet provayderining Odessadagi data-markaziga va Kiyevdagi «Ukrsibbank ATM»ga zarba berdi.

  • 13-oktabr kuni prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyadagi data-markazlarga hujumlar mavzusi hukumatda muhokama qilinganini aytdi. Keyingi kuni Putin kiberxavfsizlik masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.

  • Tadbirning oçiq qismida Putin yiğiliş iştirokçilaridan «raqamli xavfsizlik darajasini oşiriş imkonini beradigan» takliflarni kutayotganini aytdi. U «töğridan töğri va gibrid taşqi tajovuz fonida» kibertahdidlar yangi bosqiçga kötarilayotganini taʼkidlagan. Şu bilan birga, data-markazlarga zarbalarni tilga olmagan.