JIB Mirobod tuman sudida Doniyor Turğunovga nisbatan yuritilgan jinoyat işi yuzasidan yopiq sud majlisi nihoyasiga yetdi. Bu haqda Toşkent şahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, 2010-yilda tuğilgan Doniyor Turğunov Jinoyat kodeksi 104-moddasi 3-qismining «d» bandi böyiça (jabrlanuvçining vafotiga sabab bölgan darajada qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) aybdor deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 85-moddasi tartibida 2 yil-u 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Hukmga köra, jazoni ötaş muddati sudlanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan 2026-yil 27-fevral kunidan boşlab hisoblanadi, yaʼni, mahkum yana 1 yil-u 9 oy muddatni panjara ortida ötkazadi.
Raislik qiluvçi sudya taraflarga hukm mazmuni, jinoyat oqibatida ötkazilgan moddiy va maʼnaviy zararlarni undiriş masalasida fuqarolik tartibida sudga murojaat qiliş huquqi hamda sud hukmiga nisbatan şikoyat qiliş muddati va tartiblarini tuşuntirgan.
Eslatib ötamiz, 2026-yil 25-fevral kuni Toşkent şahrining Mirobod tumanida voyaga yetmagan Doniyor Turğunov BMW maşinasida yöl-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eşnazarovni urib yuborgandi. Inspektor oğir jarohatlar oqibatida vafot etgan.
Şundan söng Doniyor Turğunov qamoqqa olingan va unga Jinoyat kodeksining 267-moddasi (avtotransport vositasini olib qoçiş) va 104-moddasi uçinçi qismi «d» bandi (odam ölimiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan ayb eʼlon qilingandi. Keyinroq avtomobilni olib qoçiş moddasi ayblovdan çiqarilgani maʼlum böldi.
Marhum kiçik serjant Hosilbek Eşnazarov prezident farmoniga köra, «Jasorat» medali bilan mukofotlandi va uning oilasiga Toşkent şahridan 3 xonali kvartira berildi.












