Eronda oliy rahbar lavozimi böşab qolganidan söng yangi oyatulloh saylaş va nomzodlar masalasi muhokama qilinişi aniq. Ayni vaqtda mamlakatda muvaqqat hukumat tuzilib, uç asosiy şaxs prezident, oliy sud raisi va yuqori martabali ruhoniy vaqtinçalik hokimiyatni boşqarmoqda. Şuningdek, amaldagi prezident Pizişkiyon izolyatsiya qilingani haqida ham xabarlar bor.

Kun.uz’ning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar şu haqida söz yuritdi.


Eronda oliy rahbar saylaniş tartibi qanday va bu mas’uliyatga munosiblar kimlar?

Şavkat Ikromov: Birinçidan, Eron özini Eron Islom Respublikasi deb e’lon qilgan va öziga xos, deyarli muqobili yöq boşqaruv tizimiga ega. Bunday tizim boşqa davlatlarda deyarli uçramaydi. Ma’lum ma’noda uni Buyuk Britaniya monarxiyasiga qiyoslaş mumkin, biroq Eronda baribir respublika şakli saqlanib qolgan. Mamlakat boşqaruvida eng yuqori lavozim oliy rahbar hisoblanadi.

Undan keyin esa ijroiya hokimiyat rahbari sifatida prezident turadi. Agar oliy rahbar lavozimi böşab qolsa (masalan, vafot etişi yoki boşqa sabab bilan), yangi rahbarni tayinlaş tartibi konstitutsiyada aniq belgilangan.
Bu jarayonda Ekspertlar majlisi, ya’ni 88 kişidan iborat oliy diniy-siyosiy organ hal qiluvçi rol öynaydi.

Mazkur organ mamlakatning eng bilimli, diniy va siyosiy yetuk şaxslaridan taşkil topgan. Ular vaqtinçalik boşqaruvni şakllantiradi va yangi Oliy rahbarni tanlaş jarayonini boşlaydi. Muvaqqat boşqaruv odatda uç asosiy lavozim egasidan iborat böladi: amaldagi prezident, Oliy sud rahbari va yuqori martabali ruhoniylardan biri.

Ular davlatni vaqtinça boşqarib turadi va yangi rahbar uçun nomzodlar körib çiqiladi. Nomzodlar dastlab içki doiralarda muhokama qilinadi va keyin Islom inqilobi qöriqçilari korpusi kabi kuç tuzilmalari tomonidan ham örganiladi.

Yakuniy qaror yopiq jarayonda qabul qilinadi. Tarixga nazar taşlasak, 1989 yilda Ali Xominaiy aynan şunday murakkab şaroitda hokimiyatga kelgan. U Ruhulloh Humayniy vafotidan keyin tayinlangan. Öşa paytda Eron Eron–Iroq uruşidan endigina çiqqan, vaziyat oğir edi. Şunga qaramay, Xominaiy tasodifan tanlanmagan, u avvaldan tayyorlangan asosiy nomzodlardan biri bölgan. Hozirgi vaziyatda esa oçiq signal va aniq nomzodlar haqida ma’lumotlar kam. Turli taxminlar mavjud bölsa-da, içki jarayonlar yopiq holda olib borilmoqda.