«Real» – «Xetafe» 0:1
Gol: Satriano, 39 (0:1)
«Real»: Kurtua, Alaba (Karvahal, 55), Ryudiger, Karreras, Aleksandr-Arnold (Hausen, 55), Tşuameni (Dias, 87), Pitarç (Rodrigu, 55), Arda Guler (Mastantuono, 69), Vinisius Junior, Valverde, Garsiya
«Xetafe»: Soriya, Boseli, Duarte, Romero, Riko, Iglesias, Milya, Arambarri, Satriano (Abkar, 90+1), Kiko Femeniya (Liso, 58), Vaskes (Martin, 69)
Ogohlantirişlar: Hausen, 68. Tşuameni, 71. Vinisius Junior, 90. Karreras, 90 – Kiko Femeniya, 8. Arambarri, 35. Riko, 64. Liso, 79. Satriano, 84
Çetlatiş: Mastantuono, 90. Liso, 90 (ikkinçi sariq)
Ispaniya Superkubogi uçun bahsda yutqazgan va Ispaniya kubogini erta tark etgan «Real» Ispaniya çempionatidagi vaziyatini ham oğirlaştirdi – jamoa la liganing bu mavsumida ilk bor qatorasiga ikki öyinda yutqazdi. Ötgan turda «Osasuna» maydonidan mağlub bölgan Alvaro Arbeloa şogirdlari uyda «Xetafe»dan ham oçko ololmadi.
Jamoa töpurari Kilian Mbappening tizzasidagi jarohat jiddiy bölib çiqdi va u yana kamida bir oy jamoaga yordam bera olmaydi. Arbeloa uning örniga hujum markazida Gonsalo Garsiyani öynatmoqda. Şuningdek, Bellinghem va Kamavinganing jarohati klubning boşqa bir tarbiyalanuvçisi – 18 yoşli Tiyago Pitarçga asosiy tarkib uçun yöl oçdi.
«Real» ilk daqiqalardan töpga egalik qildi va pozitsion hujumlar uyuştirdi, «Xetafe» çuqur himoyalandi: mehmonlar öz uslubidan çekinmasdan, yakkakuraşlarga e’tibor qaratdi, köp fol işlatdi va töpni şunçaki uzoqlaştiriş bilan şuğullandi. Maydonda har bir töp uçun kuraş keçdi. 26-daqiqada esa Antonio Ryudiger va Diyego Riko örtasidagi epizod mezbonlar son jihatdan ozçilik bilan yakunlanişi mumkin edi: «Real» himoyaçisi yerda yotgan raqibi ustiga özini taşladi va oçiqçasiga tizzasi bilan uning jağ qismiga zarba berdi. Hakam vaziyatni e’tiborsiz qoldirdi.

39-daqiqada esa mehmonlar kutilmaganda hisobni oçişdi. Şu qişda «Lion»dan ijaraga olingan forvard Martin Satriano jarima maydoni atrofida töpga ega çiqdi va uni töxtatmasdan yaqin töqqizlikka yölladi. Kurtua joyidan qimirlaşga ulgurmadi.

Ikkinçi bölim boşida Arbeloa uçtalik almaştiriş amalga oşirdi: Pitarç, Alaba va Trent örniga Rodrigo, Hausen va Karvahal tuşirildi. Madridliklar köplab golli vaziyatlar yaratişdi, ammo mehmonlar himoyaçilari va darvozabon işonçli harakat qildi. «Xetafe» töliq himoyalandi va minimal ustunlikni öyin oxirigaça saqlab qoldi.
Öyinning sönggi qismida Arbeloa maydon çetida turib, öz futbolçilari asabini jilovlay olmasdan, energiya va vaqtini behuda sarflaşini şunçaki kuzatib turdi. Bu daqiqalarda «Xetafe» maydonning raqib darvozasi joylaşgan qismidan umuman ketmadi, çunki «Real» futbolçilari jarima maydoni atrofida ketma-ket fol işlatişdi, mehmonlar esa bundan foydalanib, vaqt çözişdi.
Murabbiy futbolçilariga provokatsiyaga berilmaslik haqida kerakli körsatmalarni bermadi va bu yakunda Mastantuono qizil olişi bilan yakunlandi. Öyindan keyingi matbuot anjumanida esa murabbiy yana bir bor barça aybni öz zimmasiga oliş bilan çeklandi va amalda yanvarda Habi Alonso iste’foga çiqarilib, uning örniga özi tayinlangani xato qaror bölganini tan oldi.

Bu mağlubiyat «Real»ning çempionlik poygasidagi imkoniyatlariga jiddiy zarba böldi. Madridliklar ikki tur oldin «Barselona»ni quvib ötib, birinçi öringa çiqib olgandi, endi esa peşqadamdan tört oçkoga ortda qolmoqda. La Liga oxirigaça yana 12 tur bor.
Çempionlar ligasida ham vaziyat yaxşi emas: jamoa guruh bosqiçidan töğridan töğri pley-offga öta olmadi va qöşimça ikki öyin ötkazişiga töğri keldi. Natijada pley-offda qiyinroq raqibga qarşi öynaşga töğri keladi: qur’a yana bir bor «Mançester Siti»ni raqib qilgan.

Statistika
● «Real» La Ligada qatorasiga ikkinçi bor yutqazdi. Jamoa ötgan turda «Osasuna»dan mağlub bölgandi.
● «Real» yil boşidan buyon ilk bor maydonni golsiz tark etdi. Natijada madridliklarning 18 öyindan iborat golli öyinlar seriyasi yakunlandi. Jamoa sönggi bor ötgan yil 7 dekabrida «Selta»ga qarşi öyinda gol urolmagandi (0:2).
● «Bernabeu»da 7 öyindan iborat ğalabali seriya yakunlandi. «Real» dekabrda «Selta» va «Mançester Siti»ga qarşi mağlubiyatlardan keyin öz maydonidagi şunça öyinda qatorasiga ğalaba qozongandi.
● «Real» «Xetafe»ga qarşi sönggi 9 öyinda ilk bor oçko yöqotdi. Uşbu jamoaga qarşi ğalabali seriya 2022 yildan buyon davom etayotgandi.
● «Xetafe» boş murabbiyi Pepe Bordalas öz faoliyatida ilk bor «Real»ni mağlub etdi. U bunga 17-öyinda erişdi, bungaça u jamoasi boşqaruvida 14 öyinda yutqazib, 2 bor durang qayd etgandi.












