«Hizbulloh» bayonotida Isroil şimolidagi «Ramat-David» aviabazasi hamda «Meron» kuzatuv bazasiga hujum qilişda zarbdor dronlardan foydalanilgani aytilgan. Şuningdek, işğol etilgan Jölan tepaliklaridagi «Naffak» bazasiga raketa zarbasi yöllangan.
«Bu zarbalar jinoyatçi Isroilning Livandagi önlab şahar va posyolkalarga tajovuziga javob böldi», – deyiladi guruh bayonotida.
Isroil darhol Livan böylab keng kölamli zarbalar yöllaşni boşladi – bir kun oldin uşbu mamlakat hukumati «Hizbulloh»ning harbiy faoliyati taqiqlanişini e’lon qilgandi.
Isroil muntazam ravişda havo hujumlarini amalga oşirişda davom etmoqda – hujumdan oldin Bayrutning janubiy çekkalari va mamlakat janubida yaşovçi aholini evakuatsiya qiliş töğrisida ogohlantiriş e’lon qilingan. Livan rasmiylariga köra, zarbalardan jabr körgan hududlarda 29 mingga yaqin odam öz uylarini tark etgan.
«Tehron va Bayrut böylab»
Seşanba tongida Isroil «Tehron va Bayrut böylab bir vaqtning özida zarbalar beriş»ning yangi bosqiçiga kirişganini e’lon qildi.
Erta tongdan evakuatsiya haqidagi e’londan keyin Bayrutning janubiy çekkalaridagi bir neça binolar böylab davomli zarbalar yöllangan.
AFP fotograflari osmonga kötarilgan ulkan tutun ustunini kadrga muhrlaşgan.
«Hizbulloh»ga tegişli bölgan «Al-Manar» telekanali Bayrutdagi ofisi tunda hujumga uçraganini xabar qildi, seşanba tongida Isroil «Hizbulloh»ga tegişli bölgan «Al-Nur» radiostansiyasi ofisi böylab ham zarba bergan.

AFP via Getty Images
Isroillik harbiylar çegara böylab mudofaa çoralari doirasida Livan janubidagi bir neça joyga qöşin kiritganini ma’lum qildi.
Isroil hukumati Livanga quruqlik orqali keng kölamli bostirib kiriş rejalaştirilmayotganini ma’lum qilgan bölsa-da, harbiylar «Hizbulloh»ning raketa hujumlarini töxtatiş uçun barça imkoniyatlarni körib çiqayotganini aytişdi.
Israel Kats «Isroil mudofaa armiyasiga çegaradagi aholi punktlariga hujumlarning oldini oliş uçun Livanda oldinga siljiş va qöşimça strategik pozitsiyalarni egallaşga ruxsat bergani»ni aytgan. Harbiylar bu qadamlarni quruqlikdagi bosqin emas, balki «taktik çoralar» deb atadi.














