Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona vodiysida dorilar va giyohvand moddalarning yirik partiyalari musodara qilindi
DXX Chegara qo‘shinlari va Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda bojxona organlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar davomida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1983 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashina to‘xtatildi. Tekshiruv natijasida transport vositasining salon qismida 9960 dona “Zardeks” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Ikkinchi holatda qo‘shni davlatdan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini kontrabanda yo‘li bilan olib kirib, Toshkent shahridagi jinoiy sheriklariga yetkazib berish bilan shug‘ullangan Quvasoy shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina Namangan viloyati Pop tumanidagi YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Natijada avtomashina eshiklarining ichki qismiga yashirilgan holda 8000 dona “Zardeks” hamda 309 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Bog‘dod tumanida qayd etilgan holatda esa Qo‘qon shahrida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinadan 1691 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olindi.
Shuningdek, Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2001 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro o‘zining 1991 yilda tug‘ilgan jinoiy sherigi vositachiligida 1274 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dorini xaridorga 56 mln so‘mga sotish paytida ushlandi.
Ma’lum qilinishicha, hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 251¹, 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
11:35 / 10.06.2026
Qariyb 900 mln so‘mlik sifatsiz va hujjatsiz dorilar aniqlandi
08:24 / 04.06.2026