Amerikaning Eronga qarşi uruşi davom etmoqda. Keça Minobda katta janoza böldi. Amerika va Isroil şahardagi qizlar maktabiga qilgan hujumi oqibatida Eron naşrlariga köra, kamida 180 kişi halok bölgan, yuzlab odamlar yaralangan. Qurbonlarning aksari maktab yoşidagi qizçalar. Minobdagi voqea Tramp va Netanyahu boşlagan dahşatli uruşning qonli ramziga aylandi.
Minob Fors körfazi sohilida joylaşgan, şahardan şu nomli daryo oqib ötadi. Bu şahar qişloq xöjaligi rivojlangani, ajoyib xurmosi, dengiz mahsulotlariga boyligi bilan ajralib turadi. Eronning eng tabiati çiroyli joylaridan biri. Uruşgaça şaharga aynan yuqoridagidek ta’rif berişardi. Lekin endi Minob deganda hammaning köz öngiga uruşda ölgan yuzlab maktab öquvçilari keladi.
Oldin Minobda nima bor, deyişsa, dengiz mahsulotlari bozori, ajoyib tabiat bor deyişardi. Endi Minobda nima bor, desangiz, maktab qizçalarining ommaviy qabri bor deyişadi. Keça şahar aholisi qizçalar uçun ommaviy qabr qazib, ularga janoza öqidi. Maktab boğida öynab yurişi kerak bölgan qizçalar sovuq qabrga qöyildi.
Ularning ölimida kim aybdorligi, kimning raketasi qayerdan turib otilgani, qanday muvozanat uçun maktab portlatilgani, maktab yonida qanday harbiy obekt borligi umuman ahamiyatga ega emas. Agar öşa maktab içida atom bombasi tayyorlanadigan zavod bölganda ham, unga raketa uçirişga, yoş bolalarni öldirişga heç kimning haqqi yöq edi.
Maktab yonida Islom muhofizlari korpusi obekti bölgani, maktabga eronliklarning öz bombasi tuşgani haqida gapirişmoqda, lekin bu zolimlarni oqlaşdan boşqa narsa emas. Uruş boşlanmasa, öşa maktabga bomba tuşmasdi, qizçalar oppoq kafanga öralmasdi. Avvali bu iddaolar rost bölganida, Tramp va Netanyahu allaqaçon matbuot anjumani ötkazib, isbotlarini körsatib çiqqan bölardi. Ular ham bilib turibdi maktab bolalari kimning raketasidan ölganini.
Dunyo siyosati, muvozanat degan gaplarni bir çekkaga yiğiştirib, öşa qizçalarning ota-onasi qay ahvolga tuşganini şunçaki tasavvur qiling. Odam öz bolasini maktabga soğ-omon yuborsa-yu, keçga borib uning jasadini vayronalar ostidan olib çiqsa. Dunyoda bunga arziydigan heç qanday da’vo yöq.
Afsuski, dunyodagi vaziyatga ta’sir qiladigan siyosatçilarning diydasi qotib ketgan. Ular kabinetda ötirib olib falon yil keyingi dunyo taqdiri haqida muzokara ötkazişni yaxşi köradi. Davlat, kuç, ta’sir doirasi degan narsalar ularning nuqsonli boşlarini örab olgan. Dunyo özgarişi kerak. Siyosatçilar özgarişi kerak.
Afsuski dunyoning boşi uruşdan çiqmay qoldi. Lekin bolalar ölimi heç qaçon oddiy hol bölmasligi kerak. Bolalarni öldirganlar jazolanişi, gunohlardan qora bölgan yuzlari bu bolalar qotili, deb butun dunyoga körsatilişi kerak. Dunyo siyosati qurboni bölgan maktab qizçalarining joyi jannatda bölsin. Ularni öldirganlar albatta jazolanişiga işongim keladi.












