Ukrainaning Oşçadbank davlat banki inkassatsiya xizmatida işlaydigan yetti nafar xodimi 5 mart kuni ikki avtomobilda valuta olib ketayotgan vaqtida Vengriyada asossiz ravişda qölga olinganini ma’lum qildi. Qayd etilişiça, valuta Oşçadbank va Raiffeisen Bank Austria örtasidagi kelişuv doirasida taşilayotgan bölgan. GPS ma’lumotlariga köra, avtomobillar Budapeşt markazidagi Vengriya kuç tuzilmalaridan biri yaqinida turibdi. Bu ma’lumotni Ukrainaning Vengriyadagi elçixonasi va Ukraina taşqi işlar vazirligi ham tasdiqlagan.
Avtomobillarda 40 million AQŞ dollari, 35 million yevro va töqqiz kilogramm oltin bölgan.
«Yuk xalqaro taşiş qoidalari va Yevropaning amaldagi bojxona tartib-qoidalariga muvofiq rasmiylaştirilgandi», — deb bayonot berdi Oşçadbank öz xodimlari va mulki zudlik bilan ozod qilinişi hamda Ukrainaga qaytarilişini talab qilarkan.
Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga Vengriya hukumati Oşçadbank xodimi bölgan yetti nafar ukrain fuqarosini «garovga olgan»ini aytdi.
“Amalda gap Vengriya odamlarni garovga olgani va pullarni öğirlagani haqida ketyapti. Agar bu bugun avvalroq janob Orban aytib ötgan öşa «kuç» bölsa, bu jinoiy tödaning kuçi. Bu — davlat terrorizmi va reket. Biz fuqarolarimizni zudlik bilan ozod qiliş talabi bilan rasmiy nota yubordik. Şuningdek, Vengriyaning noqonuniy harakatlari, garovga oliş va talonçiligiga aniq baho berişni sörab Yevropa Ittifoqiga murojaat qilamiz”, dedi u.
Tez orada Vengriya soliq va bojxona xizmati bank xodimlari uşlanganini tasdiqladi. Idora ma’lumotiga köra, uşlanganlar orasida Ukraina maxsus xizmati sobiq generali ham bölib, u valuta taşişni «taşkil etiş uçun javobgar» bölgan. Bayonotda aytilişiça, idora pul yuviş moddasi böyiça tergov olib bormoqda. Şuningdek, Ukraina konsulligi bu haqda darhol xabardor qilingani, ammo heç qanday javob bermagani aytilmoqda.
Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto Budapeşt Kiyevdan Vengriya orqali naqd pul taşiş masalasi böyiça «zudlik bilan javob va izoh» berilişini talab qilayotganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, «bu pullar Ukraina harbiy mafiyasiga tegişli emasmi?» degan savol tuğiladi. U mazkur voqeani «şokka tuşiruvçi jinoyat» deb atadi va ukrainaliklar sönggi oylarda Vengriya orqali «juda katta miqdorda» naqd pul va oltin olib ötganini aytdi. Vazirning ta’kidlaşiça, 900 million dollar, 420 million yevro va 146 kilogramm oltin quymalari haqida gap ketmoqda.













