Ma’lum qilinishicha, vatandoshlar avtobuslarda Saudiya Arabistoni hududiga olib o‘tilgan. Shundan so‘ng ular Ar-Riyod shahridagi Qirol Xolid xalqaro aeroporti orqali maxsus reys bilan O‘zbekistonga jo‘natildi.
Natijada 202 nafar O‘zbekiston fuqarosi Toshkent shahriga sog‘-omon yetib keldi.
Qayd etilishicha, mintaqadan O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda.











