Özbekistonning JSTga a’zoligi böyiça boş muzokaraçisi Azizbek Urunov a’zolik keçikayotganini ayrim mamlakatlar hujjatlarni köriş jarayonini çözayotgani bilan izohladi. U JSTga a’zolik yölida ayrim sohalar uçun 3 yildan 8 yilgaça ötiş davriga kelişilayotganini ham ma’lum qilgan.
Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş dunyo mamlakatlariga xalqaro savdoni osonlaştiriş, erkin va raqobatbardoş bozor şakllantiriş, buning ortidan esa iqtisodiy foyda oliş uçun juda muhim. Özbekiston 1994 yildan beri şu taşkilotga kirişga urinib keladi.
Özbekistonning uşbu taşkilotga a’zoligi böyiça muzokaralar 2026 yil martigaça yakunlanişi kutilayotgandi. Ammo Özbekistonning JST masalalari böyiça maxsus vakili – boş muzokaraçi Azizbek Urunovga köra, muddat keçikişi mumkin.
U jurnalistlar qarşisida a’zolik nega keçikayotgani, JSTga a’zolikdan keyin importçilarga bojlar pasaytirilişi ehtimoli, şuningdek, mahalliy bozor uçun imtiyozli davr olinişi borasidagi savollarga javob qaytardi.
Bojlar pasaytiriladimi yoki mahalliy bozor uçun imtiyozli davr olinadimi?
Azizbek Urunov JSTga a’zolikda har bir mamlakat mahalliy bozor uçun imtiyozli davr söraşi tabiiy ekanini ta’kidlaydi. Şu sabab Özbekiston ham sezgir sohalarda 3 yildan 8 yilgaça ötiş davriga kelişayotgani ma’lum qilindi. Şu bilan birga, proteksionizmga yöl qöyilmasligi ta’kidlandi.
«JSTga a’zo bölganda olinadigan majburiyatlar kelişiladi, demak, maksimal biz işlatişimiz mumkin bölgan daraja belgilab beriladi. Öşa nuqtayi nazardan davlat özida bu narsani iloji boriça köproq saqlab qolişga harakat qiladi. Lekin bu degani, davlat proteksionizm qiladi degani emas.
Agar katta davlatlar: Xitoyni, Hindistonni oladigan bölsak ham, ulardagi JSTga a’zo bölgandagi örtaça bojlar biznikidan 4-5 barobarga köproq. Men hozir har bittasining tafsilotini yana oçiqlay olmayman, umumiy olib qaraydigan bölsak, bojlar kamaytiriladi, lekin biz uçun sezgir bölgan sohalar bor, ular böyiça biz öşa muhokamalarda tariflarni erkinlaştirişda ham 3 yil, 5 yil, 7 yil, 8 yilgaça ötiş davrini ham kelişgan joylarimiz bor.
Sezgir yönalişlar deganda, bu qişloq xöjaligi, yengil sanoat, avtomobil sanoati ham bölişi mumkin. Men çunki şunaqa gapirişga majburman, bugungi kunda oçiqlay olmayman. Lekin umumiy olib qaraganda, bizlarda, demak, öşa bozorga kiriş şaroitlari ança yengillaşadi», – dedi u.







