2025 yilda sudlar tomonidan 153 ta jinoyat işi böyiça 252 nafar hokim yordamçisi korrupsiyaga oid jinoyatlar uçun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi matbuot kotibi xabar berdi.

Ularga quyidagi jazolar tayinlangan:

  • 37 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş;
  • 38 nafariga ozodlikni çeklaş;
  • 160 nafariga axloq tuzatiş işlari;
  • 12 nafariga jarima;
  • 5 nafariga boşqa jazo çoralari.

Xabarda agentlik har bir davlat organi va taşkilotning korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlab, kelgusida ham uslubiy kömak körsatişga tayyorligi ma’lum qilingan.

Avvalroq Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonov mahalliy hokimliklar darajasida korrupsion jinoyatlarning 80-90 foizdan köpi hokim yordamçilari bilan boğliq ekani haqida ma’lum qilgandi.

“Biz buni tahlil qildik, örgandik. Bu yerda juda ham köp korrupsiyaviy omillar bölgani uçun ularda mana şu jinoyatlar köp bölgan. Va biz hozir öşa subsidiya beriş, imtiyozli kreditlar ajratişni inson omilisiz, ya’ni hokim yordamçisiga boğliq bölmagan holda, mahalla yettiligi, kollegial qaror qabul qiliş va inson omilisiz raqamlaştiriş çoralarini kördik. Öylaymanki, xuddi autsorsingni aytganimdek, 2026 yilda hokim yordamçilari tomonidan sodir etiladigan korrupsiyaviy jinoyatlar salmoği keskin kamayişiga erişiladi”, degandi Burhonov.