Tijorat banklaridan birining Romitan filiali sobiq rahbari A.H., bank menejyeri F.S. va tumandagi mahallalardan birida sobiq hokim yordamçisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi S.X.lar özaro til biriktirib, fuqaro nomiga kredit rasmiylaştirib özlaştirib yuborgan.

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda aniqlanişiça, ular fuqaro H.A.ning xabardorligisiz uning nomiga 32,9 mln söm kredit mablaği ajratib, göyoki uç ğildirakli mototsikl xaridi uçun YaTT “S.G.”ning hisob-raqamiga pul köçirib, naqdlaştirib oliş yöli bilan özlaştirgan.

Bundan taşqari, fuqaro H.A.dan 35,9 mln sömlik kredit qarzdorligini undiriş haqidagi sud buyruği asosida MIB tuman bölimi tomonidan ijro işi qözğatilganligidan xabar topgan A.H. özining jinoiy harakatlarini yaşiriş maqsadida tölanmagan kredit qarzdorlik töliq undirilganligi haqidagi soxta xatni MIB tuman bölimiga taqdim qilib, ijro işi yuritilişi tamomlanişiga erişgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.