Taqdimotda yuridik şaxslar tomonidan axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganlik uçun, oqibat kelib çiqqan-çiqmaganidan qat’i nazar, ma’muriy javobgarlikni belgilaş taklif etildi.
Uşbu amaliyot masofadan moliyaviy xizmatlarni körsatuvçi banklarga ham taalluqli bölib, ularning öz tizimlarida firibgarliklarning oldini oliş böyiça himoya va xavfsizlik çoralarini muntazam takomillaştirib borişini talab qiladi.

Ma’lum qilinişiça, ötgan yillarda uçta bank tizimidagi zaiflik tufayli 3025 nafar mijozga 17 milliard söm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Şu nuqtai nazardan, tijorat banklari, tölov tizimi operatorlari va tölov taşkilotlari axborot xavfsizligi hamda kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganligi natijasida sodir etilgan kiberjinoyatlar oqibatida yuzaga kelgan moddiy zarar uçun javobgar bölişini qonunan mustahkamlaş taşabbusi ilgari surildi.

















