Poytaxt hokimi örinbosari Abdurahmon Baxtiyevning aytişiça, avvalo, “A” belgili yölaklarning davlat standarti talablariga mos bölişi ta’minlanişi kerak. Şuningdek, avtobus uçun ajratilgan yölakda qoidani buzgan holda harakatlangan haydovçilarni jarimaga tortiş uçun kameralar örnatiş va işga tuşiriş işlari hamon davom etyapti.

12 mart kuni poytaxtdagi transport harakati masalasida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda Toşkent şahar hokimi örinbosari Abdurahmon Baxtiyev jamoat transporti uçun ajratilgan maxsus “A” belgili tasmalar ayrim holatlarda işlamayotganiga oid savolga javob berdi.

Uning aytişiça, ayrim joylarda bunday yölaklar öz vazifasini yaxşi bajaryapti, ayrimlarida esa işlamayapti. Hokim örinbosari buni uşbu yölaklarning davlat standarti böyiça talablarga javob bermasligi va avtomobillar harakati bilan boğladi.

“Deylik, mahalladan çiqayotganda maşina avtobusga xalaqit berib qolyapti. Ikkinçisi, şu bizning yengil maşinalarimiz zarurat bölganda tezroq yurib ketaman deb “A polosa”ga tuşib olgan holatlari bor. Öşa ikkita masalada muammolarimiz bor. Şu ikkita masalaning muammosini yeçsak, “A polosa” işlab ketadi”, – deydi u.

Avtobus yölagi uçun kameralar örnatilgandi, ular nega işlamayapti?

2023 yil boşida avtobuslarga ustuvorlik beriş uçun taşkil etilgan “A” tasmali yölaklardan qoidani buzgan holda harakatlangan haydovçilarni jarimaga tortiş maqsadida yöllarda 55 ta videokamera örnatilgan edi.

360 gradusli kameralar qoidabuzarliklarni qayd qilib, tizimga yuborişi, içki işlar xodimlari bularni körib çiqib, haqiqatan qoidabuzarlik sodir etganlarni jarimaga tortişi aytilgandi.

Ammo 3 yil ötdi, videokameralar töliq işlayotgani yöq. Abdurahmon Baxtiyev bu masala hanuz muhokama qilinayotganini ma’lum qildi. Uning gaplariga işonilsa, kameralar örnatilişi davom ettirilyapti, hamma yölaklarda ham mavjud emas.

“Kameralar köp joylarda qöyilgan. Içki işlar tizimi bilan hamkorlikda qöyilmoqda, lokatsiyalar belgilanmoqda. Har bitta öşa “polosa”ning kamera kuzatuvini taşkillaştiramiz. Hozir birinçi navbatda test rejimida yana bitta-ikkita köçani qilib körmoqçimiz.

Uni örnatiş, ulaş, serverlarga ulaniş – juda köp texnik masala bor. Faqat kamerani örnatib qöysangiz, iş bitmaydi. Mendagi ma’lumot böyiça, hamma narsaga tayyorgarlik körildi, hamma iş amalga oşirildi. Hozir öşa fiksatsiya qiliş imkoniyati bor, qonunçilik darajasida ham imkoniyati bor. Işga tuşirsak böldi”, – dedi hokim örinbosari.

Abdurahmon Baxtiyev Toşkent transport tizimining master-rejasi haqida ham ma’lumot berdi. Uning aytişiça, master-rejani işlab çiqiş uçun 90 dan ortiq kompaniyaga e’lon berilgan, tanlov boşlangan. Hozirça şundan 10 tasi taklif bilan çiqqan. Tez kunlarda bu muhim hujjatni işlab çiqiş böyiça şartnoma tuzilişi kutilmoqda.