Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi, Sirdaryo suv havzasini nazorat qiliş bölimi, Sirdaryo viloyati Ekologiya boşqarmasi, viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda reyd tadbiri ötkazildi.

Reyd davomida huquqbuzarlar Ş. J. va S. X. tomonidan Sayxunobod tumani «Farovon» MFY hududida «Şörazak» zovuridan noqonuniy ov quroli, ya’ni elektr qarmoq yordamida 46 dona baliq ovlanganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan tegişli dalolatnoma rasmiylaştirilib, noqonuniy ovlangan baliqlar hamda ov qurollari olib qöyildi.

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasining ta’kidlaşiça, huquqbuzarlik natijasida tabiatga 519 million 120 ming söm zarar yetkazilgan. Töplangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Ma’lumot uçun, 11 martdan 31 maygaça Amudaryo va Sirdaryoda, 26 apreldan 10 iyungaça Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlaşga taqiq qöyildi. Şuningdek, boşqa barça tabiiy suv havzalarida 16 apreldan 31 maygaça baliq ovlaş taqiqlangan.