Prezident Şavkat Mirziyoyev 17 mart kuni Toşkentda Islom sivilizatsiyasi markaziga taşrif buyurdi.

Markaz maydoni va qamroviga köra, dunyoda islom tarixi, madaniyati va sivilizatsiyalarini örganiş hamda tarğib etişga qaratilgan yirik majmualardan biri hisoblanadi. U Toşkentning maşhur Hazrati Imom majmuasi hududidagi 10 gektar maydonda barpo etilgan. Bino uç qavatdan iborat bölib, uzunligi 161 metr, eni 118 metrni taşkil etadi. Gumbazining balandligi 65 metr, umumiy foydalaniş hududi esa 42 ming kvadrat metrdan ziyod. Bu kabi noyob körsatkiçlar uni “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritiş uçun ham asos bölmoqda.

Markaz qadimiy va milliy me’morçilik an’analari asosida qurilgan bölib, unga tört tomondan – tört asosiy portal orqali kiriş mumkin. Uşbu portallar va binoning taşqi ravoqlari ilm-ma’rifat, bağrikenglik, insoniylik va ota-onaga hurmat mazmunidagi Qur’on oyatlari hamda hadislar bilan bezatilgan.

Quyi qavatda bolalar uçun maxsus platforma, restavratsiya hamda elektron nusxa oliş laboratoriyasi, muzey eksponatlari va nodir qölyozmalarni saqlaş fondlari, zamonaviy kafeteriy va muzey vestibyullari joylaşgan.

Birinçi qavatdan qariyb 8 ming 350 kvadrat metrlik körgazma zaliga ega muzey va 550 örinli anjumanlar zali örin olgan. Ikkinçi qavatda esa qölyozma va toşbosma manbalar, bosma va elektron adabiyotlar fondiga ega kutubxona, öquv zallari, şuningdek, xalqaro taşkilotlar va ilmiy muassasalar uçun şaroit yaratilgan.

Prezident yaratilgan şaroitlar, boy ekspozitsiyalar va yangi taşabbuslar bilan tanişdi. Qur’oni karim zaliga kirib, mazkur maskanda yaratilgan ma’naviy muhit va noyob ekspozitsiyalarni közdan keçirdi.

Gumbaz ostida maxsus mepping gologrammasi yaratilgan bölib, unda avval koinot tasviri namoyon böladi, osmondagi yulduzlar jilolanadi. Gumbaz ostidagi yulduzlar kompozitsiyasi Toşkent osmonida tunda körinadigan yulduzlar xaritasi asosida şakllantirilgan. Ularni ifoda etiş uçun 90 dona “svarovski” toşi va 650 dan ortiq çiroqlardan foydalanilgan.