Prezident Şavkat Mirziyoyev 19 mart kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida qaytadan bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasiga taşrif buyurdi.
Ziyoratgohning qoq markazida buyuk hadisşunos bobomizning tabarruk maqbarasi örin olgan.
Davlat rahbari maqbarani ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo öqildi.

– Muborak Ramazon hayiti arafasida buyuk vatandoşimiz, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy hazratlarining ruhi poklariga yana bir bor hurmat-ehtirom bajo keltirmoqdamiz. Buxoriy bobomiz Qur’oni karimdan keyingi eng mötabar manba bölgan hadislar kitobini yaratib, butun islom olamida şuhrat qozongan uluğ siymodir. Muqaddas zaminimiz dunyoga mana şunday maşhur allomani bergani bilan har qança faxrlansak, arziydi.
El-yurtimizning fidokorona mehnati bilan bugun orzu-niyatlarimiz röyobga çiqdi. Bu betakror ziyoratgohni Imom Buxoriy bobomizning olamşumul mavqeiga, yuksak maqomiga munosib darajada bunyod etişga muyassar böldik. Mana şunday tabarruk maskan barçamizga muborak bölsin, – dedi davlat rahbari.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasida yakuniga yetgan bunyodkorlik işlari va yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.

Majmua davlat rahbari taşabbusi bilan buyuk muhaddis bobomizning islom olamida tutgan yuksak mavqeyi, ulkan salohiyatiga munosib tarzda qaytadan bunyod etildi. Ziyoratçilarga har tomonlama qulay şaroit yaratildi.
Xususan, majmua qoşida turizm markazi oçildi. Yondoş 15 gektar maydonda zamonaviy infratuzilma yaratilib, şinam mehmonxonalar, xizmat körsatiş va servis nuqtalari barpo etildi. Jumladan, 1 ta tört yulduzli, 2 ta uç yulduzli mehmonxona, 22 ta 176 örinli oilaviy mehmon uylari hamda avtoturargoh qurilgan. Mazkur obektlar töliq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanib, hududida obodonlaştiriş işlari amalga oşirilgan.
Natijada Imom Buxoriy majmuasi ilgari bir kunda 12 ming ziyoratçiga xizmat körsatgan bölsa, hozir kuniga 65 ming nafar ziyoratçini qabul qiliş quvvatiga ega.



















