Hisobotga köra, işlab çiqariş hajmi böyiça Cobalt yetakçilik qildi. Yilning dastlabki olti oyida mazkur rusumdagi 82 951 ta avtomobil işlab çiqarilgan.
Keyingi örinlarda Damas - 42 663 ta, Tracker - 23 249 ta, Onix - 18 715 ta, KIA - 15 184 ta va BYD - 13 405 ta avtomobil qayd etilgan.
Şuningdek, uşbu davrda Haval rusumida 5 061 ta, Chery rusumida 4 384 ta, Chevrolet Damas Move rusumida 600 ta avtomobil hamda 29 582 ta maxsus yengil avtomobil işlab çiqarilgan.
Milliy statistika qömitasi ma’lumotlari mamlakatda yengil avtomobillar işlab çiqariş hajmi ötgan yilning şu davriga nisbatan barqaror ösişni saqlab qolayotganini körsatmoqda.









