Rossiyaning Novosibirsk şahrida ikki nafar özbekistonlik onalarning biri 5 ta, ikkinçisi 2 ta voyaga yetmagan farzandi bilan oğir ahvolda qolib ketgan, deb xabar berdi Migratsiya agentligi.

Qayd etilişiça, bolalarning birortasida ham hujjat bölmagan.

“Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi hamda Boş konsulxona tomonidan barça taşkiliy işlar hal etildi. Bolalarga vatanga qaytiş guvohnomalari rasmiylaştirildi va avia çiptalar olinib, barçalari vatanga qaytarildi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq Sankt-Peterburg şahrida murakkab vaziyatga tuşib qolgan Özbekiston fuqarosi va uning uç nafar voyaga yetmagan farzandi Boş konsulxona kömagi bilan vatanga qaytarilgani xabar qilingandi.