AQŞ vositaçilar orqali Eronga uruşni töxtatiş haqidagi kelişuv loyihasini yetkazgan. The New York Times xabariga köra, u 15 banddan iborat. Jurnalistlar töliq matnni körişmagan, ammo matndan xabardor bölgan manbalariga asoslanib, undagi asosiy qoidalarni keltirişgan.

AQŞning şartlari

  • Eron öz hududida uranni boyitişni töliq töxtatişi kerak.
  • Eron öz yadroviy obektlari, jumladan, Natanz va Fordodagi uranni boyitiş zavodlarini, Isfahondagi tadqiqot markazi hamda yadro yoqilğisini işlab çiqariş zavodini demontaj qilişi kerak.
  • Eron özidagi yuqori darajada boyitilgan uran zaxirasini Xalqaro atom energetikasi agentligiga topşirişi kerak.
  • Eron öz ballistik raketalari soni va uçiş masofasini çeklaşi kerak.
  • Eron Yaqin Şarqdagi proksi-guruhlari, jumladan, Livandagi «Hizbulloh», Yamandagi «Ansar Alloh» (husiyçilar), Iroqdagi «Kataib Hizbulloh» hamda falastinliklarning Hamas guruhlarini qöllab-quvvatlaşni töxtatişi kerak.
  • Eron Hörmuz böğozida kemalar töliq erkin suzişini ta’minlaşi kerak.

Bu şartlar bajarilgan taqdirda Erondan barça sanksiyalar olib taşlanadi. Bundan taşqari, AQŞ Buşehrdagi AES qurilişini yakunlaşda Eronga yordam va’da qilgan.

Eronning şartlari

The Wall Street Journal jurnalistlari ham manbalarga tayangan holda Eronning şartlari töğrisida xabar berişgan.

  • AQŞ va uning ittifoqçilari Eronga yetkazilgan zararni töliq qoplaşi kerak (hozirça bu zararning taxminiy miqdori ham ma’lum emas).
  • Eron Hörmuz böğozidagi kemaçilik ustidan töliq nazorat örnatişi va ötayotgan kemalardan tölov undirişi kerak – xuddi Misr Suvayş kanalidan foydalanuvçi kemalardan tölov undirgani kabi.
  • AQŞ Eronga özi hamda ittifoqçilari (birinçi navbatda Isroil) tomonidan boşqa hujum qilinmasligiga kafolat berişi kerak.
  • Isroil Livanda «Hizbulloh» guruhiga qarşi amaliyotini töxtatişi kerak.
  • AQŞ Yaqin Şarqdagi barça harbiy bazalarini yopişi kerak (bunday bazalar Fors körfazining barça mamlakatlarida – Kuvayt, Bahrayn, Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA, şuningdek, Iroq, Iordaniya va Suriyada mavjud).