Xitoyda Bay mafiyasi oilasining tört vakili qatl qilindi – bu Myanmadagi skam-markazlarni boşqargan eng taniqli jinoiy sulolalardan biridir. Bu sönggi bir hafta içida jinoiy sindikat a’zolariga nisbatan çiqarilgan ikkinçi ölim hukmi böldi.

Oila a’zolari va uning şeriklaridan iborat jami 21 kişidan iborat guruh Guandun provinsiyasidagi sud tomonidan firibgarlik, qotillik, tan jarohati yetkaziş va boşqa jinoyatlarda aybdor deb topilgan.

Ötgan yil noyabrida sud beş kişini, jumladan, klan rahbari Bay Suoçenni ölim jazosiga hukm qilgandi, ammo u hukm e’lon qilinişidan köp ötmay kasallik oqibatida vafot etgan.

Ötgan haftada Janubi-Şarqiy Osiyodagi firibgarlik sxemalariga qarşi keng kölamli kuraş doirasida Min mafiyasi a’zolaridan 11 nafari ölimga hukm qilingandi – xitoylik minglab kişilar bunday guruhlardan jabrlanib, ularning qölida majburan qullikda işlab kelgan.

Skam-markazlar – Janubi-Şarqiy Osiyoda jiddiy muammo hisoblanib, köpinça xitoyliklar onlayn-firibgarliklar qurboniga aylanadi.

Köp yillar mobaynida Bay, Min va boşqa bir neça klanlar Myanmaning Xitoy bilan çegaradagi Laukkay şahrini nazorat qilgan, ular bu yerda kazinolar, fohişaxonalar hamda kiberfiribgarlik markazlarini boşqargan.

Bunday klanlar orasida Bay oilasi «birinçi raqamlisi» hisoblangan.

Rasmiylarga köra, ixtiyorida qurolli tuzilma ham mavjud bölgan Bay Suoçen 41 ta yopiq kompleks qurgan, bu joylarda firibgarlik koll-markazlari hamda kazinolar joylaştirilgan. Bu komplekslar içkarisida zöravonlik madaniyati hukm surgan – kaltaklaş va xörlaş odatiy amaliyotga aylangan.

Sud hukmida keltirilişiça, Bay oilasining jinoiy harakatlari Xitoyning olti nafar fuqarosi ölimiga, bir kişi öz joniga qasd qilişiga, şuningdek, önlab kişilar mayib-majruh bölişiga olib kelgan.

Xitoy aralaşuvi

Laukkay – Xitoy bilan çegaradagi Birma xitoylari istiqomat qiluvçi Kokan muxtoriyati markazi hisoblanadi.

Bay oilasi 2000-yillarda Laukkayda nazoratni öz qöliga olgan, öşanda şaharning oldingi qömondoni Myanma generali, hozirda mamlakatdagi harbiy xuntani boşqarayotgan Min Aun Hlayng tomonidan ağdarilgandi.

Öşanda harbiy rahbariyatga sodiq va kelişiş oson bölgan ittifoqçi kerak edi va öşanda ağdarilgan harbiy qömondon örinbosari bölgan Bay Suoçen bu rolga ideal darajada mos keladi.