Jinoyat işlari böyiça Özbekiston tuman sudi Namangan şahrining sobiq hokimi Anvar Otaxöjayevga nisbatan hukm çiqardi, deya xabar bermoqda Farğona viloyati sudlari matbuot xizmati.

Sud hukmi bilan u Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari böyiça aybli deb topildi:

  • 167-moddasi 3-qismi «a» bandi (juda köp miqdorda özlaştiriş yoki özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qiliş);
  • 168-moddasi 3-qismi «v» bandi (xizmat mavqeidan foydalangan holda firibgarlik);
  • 205-moddasi 2-qismi «a» bandi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş);
  • 206-moddasi 2-qismi «a» bandi (hokimiyat yoki mansab vakolati çegarasidan çiqiş);
  • 207-moddasi 1-qismi (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş);
  • 209-moddasi 2-qismi «a» bandi (mansab soxtakorligi);
  • 210-moddasi 3-qismi «a» bandi (juda köp miqdorda pora oliş).

Jinoyat kodeksining 59-moddasi 3-qismiga muvofiq, tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan sobiq hokimga 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Sud jarayonida uşbu jinoyat işi böyiça yana 6 nafar şaxsga nisbatan tegişli jazo çoralari belgilandi. Xususan, 3 nafar sudlanuvçiga 7 yildan 10,5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş, 2 nafariga 2 yil 6 oy muddatga axloq tuzatiş işlari hamda 1 nafar sudlanuvçiga 3 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.

Taraflar birinçi instansiya sudining qarori ustidan qonunda belgilangan tartib va muddatlarda Farğona viloyat sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida şikoyat beriş va protest keltiriş huquqiga ega.

Anvar Otaxöjayev 1972-yilda Namanganda tuğilgan. 1994 va 2002-yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2011-yilda Prezident huzuridagi davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan. 2023-yil dekabr oyida Namangan şahri hokimi etib tayinlangan.

2025-yil sentyabr oyida DXX Otaxöjayev qölga olingani haqida xabar bergandi. Tergov ma’lumotlariga köra, öşanda şahar hokimi poyabzal işlab çiqaruvçi MÇJ rahbari bilan til biriktirib, tadbirkorga şahar hududidagi 35 sotix yerda köp qavatli uy quriş huquqini olib berişni va’da qilgani aytilgan. Buning evaziga ular 60 ming dollar talab qilişgan.