Yiğilişda muddatli harbiy xizmatga çaqirilgan yoşlarni kasbga örgatiş va sifatli ta’lim olişi uçun şaroit yaratiş hamda armiyada kitobxonlikni ommalaştiriş yuzasidan işlab çiqilgan takliflar körib çiqildi.

Jumladan, 2026-2027 öquv yilidan boşlab muddatli harbiy xizmatga çaqirilgan yoşlarga bir qator imtiyoz hamda kafolatlar berilişi nazarda tutilmoqda.

Endi muddatli harbiy xizmatçilar uçun harbiy xizmat davrida oliygohlarga öqişga kirib, masofaviy ta’lim oliş imkoniyati yaratilmoqda. Bu jarayonda askarlar uçun ta’lim taşkilotlari bilan hamkorlikda harbiy qismlarda abituriyentlarni tayyorlaş kurslari taşkil etilib, oliygohlarning kiriş imtihonlariga tayyorlaş tizimi yölga qöyiladi.

Şartnoma asosida öqişga qabul qilingan askarlarga foizsiz imtiyozli kredit ajratiladi. Eng muhimi, oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan askarlar harbiy fakultetlar talabalariga tenglaştirilib, öqişni tamomlagandan söng ularga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi.

Şu bilan birga, namunali xizmat ötagan, respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda fan olimpiadalarida birinçi örinni egallagan askarlarni test sinovlarisiz öqişga qabul qiliş tartibi belgilanmoqda.

Joriy etilayotgan imtiyozlardan yana biri – askarlar uçun harbiy xizmat davomida “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida 3-6 oylik öquv kurslari taşkil etilib, ularga davlat namunasidagi maxsus sertifikat beriladi.

Muddatli harbiy xizmatdan qaytib, xususiy sektorda faoliyat yuritmoqçi bölgan yoşlarning kasb-hunarga öqiş xarajatlari vauçer asosida Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi tomonidan qoplab beriladi.

Davlat taşkilotlariga işga kiriş istagini bildirgan yoşlarga esa Boşqaruv samaradorligi agentligi tomonidan ötkaziladigan test sinovlarida 10 foizlik imtiyoz ballari qöşib beriladi.

Yiğilişda harbiy xizmatçilarni kitobxonlikka qiziqişini yanada oşiriş, bu borada ularni qöllab-quvvatlaş hamda rağbatlantiriş böyiça çora-tadbirlar ham körib çiqildi.

Xususan, joriy yildan boşlab, har yili Qurolli Kuçlarning barça toifadagi harbiy xizmatçilari örtasida tört bosqiçli “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovi ötkaziladi.