Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir etilgan terakt işi böyiça umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan şaxs öz joniga qasd qildi, deb xabar berdi RBK Rossiya jazoni ijro etiş federal xizmatiga (FSIN) tayanib.

«Joyida reanimatsion muolajalar ötkazildi, ammo natija bölmadi. Hozir tekşiruv işlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

FSIN ma’lumotlariga köra, hodisa kuzatuv kameralari orqali aniqlangan. Qayd qilinişiça, mahkumning ismi-şarifi şaxsga doir ma’lumotlar töğrisidagi qonunga muvofiq oşkor etilmaydi.

«RIA Novosti» xabariga köra, Yusufzoda Yoqubjoni Davlatxon öz joniga qasd qilgan.

Rossiya Ğarbiy okrug harbiy sudi 12 mart kuni «Krokus»dagi terakt ijroçilari - Şamsiddin Fariduniy, Dalerjon Mirzoyev, Mahammadsobir Fayzov va Saidakrami Rajabalizodani umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Şuningdek, Tergov tomonidan yordamçi deb topilgan yana 11 nafar şaxsga umrbod qamoq jazosi tayinlandi, yana 4 nafariga 19 yildan 22 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangan edi.