Endi iPhone ommalaşayotgan vaqtda qişloqdagi «siyosiy huşyor» bolalar «iPhone olmaslik kerak, unga barmoq izini kiritsa, töğri amerikaliklarga yuborarkan», deb vahima qilar, qolganlar «sening barmoq izingni amerikaliklar pişirib yeydimi?» deb kulardi.

Öşa vahimaçilar bekorga gapirmaganmi deyman-da, zamon rivojlanib, eng katta siri biror qiz bilan gaplaşgani bölgan qişloqdagi böz yigitlar u yoqda tursin, butun boşli Amerika, Rossiyaning katta-katta mulozimlari ham bemalol telefonda gaplaşolmay qoldi. Jurnalistlar Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov va Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyartoning telefon suhbati audiosini e’lon qildi. Qisqa audioda qiziq gaplar aytilgan. Xususan, özbekistonliklar yaxşi taniydigan Alişer Usmonov haqida.

«Alişerning iltimosiga köra...»

Darvoqe, Lavrov va Siyyarto örtasidagi suhbat audiosi haqqoniy, biror tomon bunday suhbat bölmadi, deb çiqmadi. Lavrov amalda audiodagi gaplarni tasdiqlab, «heç qanday taqiqlangan mavzuni gapirmaganman», dedi. Tabiiyki, ikki diplomat örtasidagi suhbatni qaysidir davlat razvedka xizmati yozib olib, OAVga sizdirgan. Jurnalistlarda bunaqa suhbat eşitadigan imkoniyat yöq. Audiodagi suhbat 2024 yil 30 avgust kuni ötkazilgan. Öşa kuni Siyyarto Peterburgga borgan. Ikki diplomat inglizça gaplaşgan. Quyida suhbat tarjimasini keltiramiz.

Siyyarto: Salom, Sergey. Men Peterman.

Lavrov: Peter, siz haliyam Peterburgdamisiz?

Siyyarto: Yöq, Budapeştga qaytdim, bir soat böldi.

Lavrov: Rossiya mediasi bugun rosa siz haqingizda yozdi.

Siyyarto: Çindanmi? Men biror xato gap aytdimmi?

Lavrov: Yöq, yöq, Ular siz öz davlatingiz manfaatini pragmatik tarzda himoya qilayotganingiz haqida yozişdi.

Siyyarto: O, ajoyib. Bu vaziyatning juda aniq tahlili.

Lavrov: Men sizga Alişerning iltimosiga köra qönğiroq qilyapman. Uning singlisiga aloqador iş bilan şuğullanyapsizmi-yöqmi, u hozirgina şu haqda eslatib qöyişimni söradi.