San’atkorlarni soliqqa tortişni taklif etuvçi qaror loyihasi muhokamasi 10 aprel kuni yakuniga yetadi. Fikr bildirgan san’atkorlarning deyarli hammasi bunga qarşi. Faollar hujjat çala ekanidan norozi, biroq odamlar san’atkorlar ham hamma qatori soliqqa tortilişi tarafdori. Kun.uz bilan suhbatlaşganlar fikriça, soliq haq, biroq hozir san’atkorlardan undirilayotgan boşqa tölovlar masalasini qayta körib çiqiş kerak.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida turgan “Konsert-tomoşa faoliyatini amalga oşiruvçi şaxslarni soliqqa tortiş va hisobini yuritiş tizimini soddalaştiriş töğrisida”gi loyihani Adliya vazirligi muallif sifatida muhokamaga qöygan.
10 aprelga qadar davom etuvçi bu muhokamalar çoğida fikr bildirgan san’atkorlarning deyarli hammasi uşbu tizimdan noroziligini bildirdi. Jamoatçilik faollari esa soliq faqat xonandalarga solinayotgani bir tomonlama va uzoqni öylanmagan taomil bölgani sabab, loyihani nomukammallikda ayblamoqda. Jamiyat a’zolarining aksariyati esa san’atkorlarni soliqqa tortiş taklifini olqişladi.
Kun.uz bilan suhbatlaşganlar fikriça, san’atkorlar soliqdan qoçmaydi, biroq agar soliq joriy qilinadigan bölsa, hozir undirilayotgan boşqa tölovlar masalasini qayta körib çiqiş kerak böladi.
Özbekiston Qahramoni, Özbekiston xalq artisti – Munojat Yölçiyevaga köra, bu 1-2 kunda hal böladigan masala emas.
“Biz san’atkorlar davlat tomonidan işlab çiqilib, qabul qilinayotgan har bir hujjatga böysunamiz, amal qilamiz. Biz soliq tölaşga qarşi emasmiz, lekin litsenziya-çi? Agar soliq joriy qilinsa, litsenziya uçun tölov ham davom etadimi?” – deydi u.
Soliq qömitasining Jismoniy şaxslarning daromad soliği ma’muriyatçiligi boşqarmasi boşliği örinbosari Pölat Davletov fikriça esa, san’atkorlar qaror loyihasini öqimasdan turib şovqin kötarişdi.
“Avvaliga san’atkorlar bu loyiha ekanini, hali muhokama bosqiçidaligini tuşunişi kerak edi. Ular loyihani öqib, tuşunib olişlari lozim. Samandar soliq e’lon qilindi deb xato gapirdi, soliq solingani yöq, bu faqat taklif etilmoqda hali”, deydi qömita xodimi.











