Hukumat qaroriga muvofiq, Najimov Elmurod Iqboljon öğli endilikda Özbekiston Madaniy meros agentligi direktorining birinçi örinbosari sifatida faoliyat olib boradi. Uning mazkur lavozimga tayinlanişi agentlik faoliyatini yanada samarali taşkil etiş, madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş, asrab-avaylaş va kelajak avlodga yetkaziş borasidagi işlar izçil davom ettirilişini ta’minlaşga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Mazkur tayinlov munosabati bilan uşbu lavozimda faoliyat yuritib kelgan Qöziyev Tursunali Karimjonoviç boşqa işga ötişi sababli egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Uning agentlik tizimidagi faoliyati davomida sohani rivojlantiriş, madaniy meros obektlarini saqlaş va tarğib qiliş yölida muayyan işlar amalga oşirilgani ta’kidlanmoqda.
Madaniy meros agentligi mamlakat hududida joylaşgan tarixiy obidalar, arxeologik yodgorliklar, ziyoratgohlar, muzeylar va boşqa madaniy boyliklarni muhofaza qiliş, ulardan oqilona foydalaniş va xalqaro miqyosda tarğib etiş kabi muhim vazifalarni amalga oşiradi.
Şu ma’noda, agentlik rahbariyatidagi bu kabi tayinlovlar sohadagi islohotlarni yanada jadallaştiriş, boşqaruv samaradorligini oşiriş hamda milliy madaniy merosni asraş borasidagi ustuvor yönalişlarni izçil davom ettirişda muhim ahamiyat kasb etadi.













