Agentlik öz rasmiy munosabatida madaniy meros obektlari Özbekiston Respublikasining «Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş töğrisida» Qonuniga asosan ijaraga berilişini eslatgan.

Madaniy meros agentligi uzoq muddatga ijaraga berilgan madaniy meros obektlari 2023 yil 1 avgust holatiga 19 tani taşkil etişi ta’kidlangan.

Mazkur qonunning 23-moddasida Moddiy madaniy meros obektlariga egalik qiliş, ulardan foydalaniş va ularni tasarruf etişning öziga xos jihatlari belgilangan bölib, moddiy madaniy meros obektining mulkdori öziga qaraşli bölgan obekt yöqotilsa uning örnini töldirib bölmasligi hamda uning tarixiy, madaniy yoki ilmiy ahamiyatini hisobga olgan holda, obektning ijarasi ijara şartnomasi asosida amalga oşirilişi, unda obektni saqlaş talablari qayd etilgan bölişi kerakligi nazarda tutilgan.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 oktyabrdagi 881-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Moddiy madaniy meros obektlaridan foydalaniş tartibi töğrisida» Nizomning 20-bandiga muvofiq davlat mulki hisoblangan obektni bir yilgaça bölgan muddatga foydalanişga beriş uni qisqa muddatda foydalanişga beriş hisoblanadi.

Quyidagi faoliyat (xizmat) turlari uçun davlat mulki hisoblangan obekt qisqa muddatga foydalanişga berilişi lozim:

  • savdo faoliyati;
  • esdalik sovğalari va hunarmandçilik buyumlarini sotiş;
  • kompyuter, nusxa köçiriş va internet xizmatlarini körsatiş;
  • foto, video va ekskursiya xizmatlarini körsatiş.

Uşbu nizomning 22-bandida 5 yildan 30 yilgaça bölgan muddatga obektni ijaraga beriş uni uzoq muddatga foydalanişga beriş hisoblanadi.

Obektni uzoq muddatga ijaraga (foydalanişga) beriş investitsiya majburiyatlarini olgan holda, obekt hududida turizm infratuzilmasi obektlari, şu jumladan joylaştiriş vositalari joylaşgan yoki barpo etiladigan obektlar berilişi mumkin.

Bundan taşqari, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 martdagi