«Ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun (ÖRQ–1160-son, 2026 yil 23 iyul) bilan madaniy meros sohasidagi davlat boşqaruvini takomillaştirişga qaratilgan qator normalar joriy etildi.

Qonunga muvofiq, respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarining madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş sohasidagi vakolatlari aniqlaştirildi.

Kiritilgan qöşimçalarga köra, Madaniy meros agentligi moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş töğrisidagi qonunçilikka rioya etilişi ustidan davlat nazoratini amalga oşiradi.

Şuningdek, agentlik madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qiliş, asraş, tarğib qiliş va ulardan foydalanişga oid davlat dasturlarini işlab çiqiş hamda amalga oşirişda iştirok etadi.

Yangi vakolatlar doirasida moddiy madaniy meros ob’yektlarini aniqlaş, hisobga oliş, muhofaza qiliş, tarğib etiş va ulardan samarali foydalanişni ta’minlaş ham agentlik zimmasiga yuklatildi.

Bundan taşqari, Madaniy meros agentligi moddiy madaniy meros ob’yektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasini taşkil etiş va ötkaziş vakolatiga ham ega böldi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kirdi.