Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yiğlardi, agar...
|00:10 / 10.04.202628 56316 min
JIB Yangiobod tuman sudi sudyasi Tölqin Eşonqulov iş yurituvidagi firibgarlik va pora berişga suiqasd moddalarida ayblangan şaxsni oqladi. Bunga yetarli asoslar bor edi: jabrlanuvçi soxta, tadbirning boşida turgan IIB xodimi esa yuragi xasta ayolini davolatiş maqsadida yurgan erkakni öz “öljasi”siga aylantirgan.
Garçi qonun yöl qöymasa-da, Özbekistonda huquqni muhofaza qiluvçi organlarning “jinoyatga undab, söngra jinoyatçiga aylantiriş” usulidan foydalaniş holatlari afsuski, bor. Bu qanday amalga oşiriladi? “Oper”larga kim va qanday şaklda yordam beradi? Maqolada Jizzaxda kuzatilgan şunday holat haqida söz boradi.
Sotuvga qöyilgan uy
Baxmal tumanida yaşovçi 40 yoşli Sanjar Şodiyev 2022 yilda özi foydalanib kelgan 4 xonali uyini 300 tupdan köproq olmasi bor yeri bilan sotmoqçi böladi. U sotuvdan tuşgan pulga yurak xastaligi bilan qiynalib, tobora ahvoli oğirlaşib borayotgan turmuş örtoğini davolatişni maqsad qilgandi.
Sotuvga qöyilgan uy Baxmal tumani Nöşkent mahallasining Mulla buloq qişloğida joylaşgandi. Sanjar Şodiyev qişloqda körgan-bilganlariga uyni sotişi haqida aytadi. Ammo ha deganda xaridor çiqavermaydi. Şunda u Jizzax şahrida yaşovçi qaynukasidan e’lon yozib berişni söraydi. Qaynuka Olx platformasiga 180 mln sömga uy sotilişi haqida e’lon joylaştirib qöyadi.
Şundan söng turli joylardan xaridorlar Sanjar Şodiyevga qönğiroq qilib, uy manzilini söraydi. Ammo uyni oliş istagida bölgan xaridorlar ham manzil uzoqligini aytib, fikridan qaytadi.
2023 yil noyabrda Sanjar Şodiyev işlab pul topiş maqsadida Rossiyaga ketgan. Bu orada aniq xaridor çiqmagaç, u uyni sotiş fikridan qaytgan. Biroq Olx platformasidagi e’lon özgarmay qolib ketgan.
Notaniş xaridor
2025 yil 1 mart kuni Sanjar Rossiyadan qaytib keladi. Oradan bir hafta ötib, qaynukasi uyni bir notaniş xaridor sotib olmoqçi bölayotgani haqida aytib qoladi. “Mayli, kelib körsin, agar ma’qul körsa olsin, agar yoqmasa olmasin”, deydi Sanjar Şodiyev.
Bir neça kundan söng özini Bunyod deb taniştirgan xaridor qönğiroq qilib, uyni va yerni sotib olmoqçi ekanini aytadi va manzilini taşlab berişni söraydi. Sanjar Şodiyev unga uy lokatsiyasini jönatadi.
Şundan söng Bunyod notaniş şaxs bilan birgalikda Sanjarning xonadoniga keladi. Sanjar esa ularga 4 xonali uyini hamda 300 tupdan köproq olma daraxtini körsatadi. Bunyod uşbu joy yoqqanini aytib, 35 ming dollarga kelişadi va 20 ming dollarni oldindan, qolganini hujjatlarni rasmiylaştirgaç berişini aytadi.
Mavzuga oid
Oradan ança vaqt ötadi, ammo Bunyod kelişilgan pulni olib kelmaydi. Kunlarning birida u qönğiroq qilib, “pullaringizni Ösmatda beraman, Ösmatga kelolasizmi?” deydi. Sanjar Şodiyev aytilgan kuni Ösmat şaharçasiga boradi. Ammo Bunyod yana pullarni olib kelmaydi. Sanjar Şodiyev esa uyiga qaytib ketadi.
“3 ming dollar qöşib beraman”
Bunyodning navbatdagi qönğiroğida Sanjar uyni sotmasligini, özi ta’mirlab olişini bildiradi. Biroq Bunyod uyni sotişni sörab, Sanjar Şodiyevga qayta-qayta qönğiroq qilaveradi. U uyning narxi sifatida kelişilgan 35 ming dollarga yana 3 ming dollar qöşib berişini aytadi. Şu tariqa u qiziqtirib, Sanjarni uyni sotişga köndiradi. Uy-joy va uning yer maydoni birgalikda savdolaşilgandi.
2025 yil 21 mart. Sanjar Şodiyev Baxmal tumani Nurobod mahallasi hududidan ötgan katta yöl yoqasida Bunyoddan 200 mln söm olgan vaqtida Jizzax viloyat IIB xodimlari ötkazgan tezkor tadbirda uşlanadi.
Ma’lum bölişiça, Sanjar Şodiyev egallab kelgan 21 sotix yer maydonining 6 sotix qismiga meros qilib qoldirilgan umrbod egalik qiliş huquqi mavjud bölgan.
“Yumaloq-yostiq” qilingan tergovda Sanjar Şodiyevga Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilinib, ayblov xulosasi tuzilgan. Ya’ni u öziga tegişli bölmagan yerni sotişga uringani, hujjatlarni kadastr va soliqdagi tanişlari orqali “töğrilab berişni” aytgani vaji bilan firibgarlik hamda pora beriş jinoyatida ayblangan. Ayblovda Sanjar Şodiyev “aldaş va işonçni suiiste’mol qiliş yöli bilan özganing mulkini qölga kiritib, moddiy manfaatdor böliş maqsadida” harakat qilgani qayd etilgan.
Ammo Sanjar suddagi körsatmasida Bunyodni aldab, pulini qölga kiritiş qasdi bölmaganini, pullarning bir qismini soliq idorasida yoki Kadastr agentligida işlovçi tanişlariga pora tariqasida berişni aytmaganini ma’lum qilgan.
Soxta xaridor aslida kim?
Bunyod Mahkamov ismi Jizzax viloyatidagi bir neçta jinoiy işlarda jabrlanuvçi yoki guvoh tariqasida kelgan. U “jabrlanuvçi” bölgan işlarning aksari yer sotiş bilan boğliq.
1-holat
2025 yil iyul oyida JIB Döstlik tuman sudida yer sotiş bilan boğliq jinoiy iş körilgan. Unda sudlanuvçi Olx platformasiga Baxmal tumani Nuşkent mahallasida joylaşgan boğ va daça sotilişini aytib, e’lon joylaştirgan. Bunyod Mahkamov uşbu joyga xaridor bölgan. Sudlanuvçi Bunyoddan kelişilgan pulni olgan vaqtida uşlangan.
Mazkur jinoiy iş körilgan sudda jabrlanuvçi tariqasida söroq qilingan Bunyod Mahkamov şunday körsatma bergan:
“2025 yil fevral oyi boşlarida uy-joy quriş va tadbirkorlik qiliş maqsadida böş yer maydoni izlab, internetda berilgan e’lonlarni örgana boşladim. Keyin Olx saytida Davlat ismli şaxs Baxmal tumani Jum-jum qişloği hududida joylaşgan öziga tegişli bölgan 1 ga yer maydonini 500 mln söm evaziga sotiş uçun qöygani haqidagi e’lonni körib qoldim. Söng uşbu e’lon ostidagi telefon raqamiga qönğiroq qilib, Davlat ismli şaxs bilan gaplaşdim.
...Davlat ismli şaxsning gaplari menda şubha uyğotgani sababli öz tanişlarimdan yer maydonlarini sotib oliş va sotiş tartibi töğrisida sörab-suriştirdim. Ular menga hozirgi vaqtda yer maydonlarini sotiş va sotib oliş faqatgina davlat auksion savdolari orqali amalga oşirilişini, boşqa holatlar esa noqonuniy ekanini tuşuntirişdi. Şundan keyin men Davlat ismli şaxsning harakatlari noqonuniy ekanini anglab, kelgusida aldanib qolişim mumkinligini bilib, Jizzax viloyati IIBga ariza bilan murojaat qilişga qaror qildim”.
Şu tariqa, Bunyod Mahkamovning uşbu arizasi asosida IIB xodimlari tezkor tadbir ötkazib, sudlanuvçini qölga olgan. U 2025 yil 7 apreldan sud hukmi e’lon qilingunça, qariyb 4 oy qamoqda saqlangan. Sud hukmi bilan sudlanuvçiga 70 mln söm jarima jazosi tayinlangan.
2-holat
2025 yil oktyabr oyida JIB Paxtakor tuman sudida yer sotiş bilan boğliq iş körib çiqilgan. Unda sudlanuvçi Olx platformasiga Ğallaorol tumanida yer maydoni sotilişi haqida e’lon joylaştirgan. Bunga ham Bunyod Mahkamov xaridor bölgan va 35 ming dollarga kelişgan. Sudlanuvçi Bunyoddan 10 ming dollar olgan vaqtida uşlangan.
Sud majlisida Bunyod Mahkamovning körsatmasi öqib eşittirilgan. U öz körsatmasida 2025 yil mart oyi boşlarida sotib oliş uçun yer maydoni izlab, Olx’dagi e’lonlarni körib çiqqani, şunda bu e’lonni körib qolgani, öz tanişlaridan söraganida yer faqat auksion şaklida sotib olinişi haqida eşitgani, söng sudlanuvçiga çora körişni sörab huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilgani haqida aytgan.
Bu holatda ham sudlanuvçi jabrlanuvçi Bunyod Mahkamovdan pul olayotganda uşlangan. Sud hukmi bilan unga 37,5 mln söm jarima jazosi tayinlangan.
3-holat
2025 yil noyabr oyida JIB Jizzax şahar sudida ham yer sotiş bilan boğliq jinoiy iş körib çiqilgan. Bu işda ham Bunyod Mahkamov jabrlanuvçi. Har safargi kabi u yer sotib oliş maqsadida internetdagi e’lonlarni kuzatgan va Ğallaorol tumanida 1,5 ga boğ sotilişi haqidagi e’lonni körib qolgan. U sotuvçi bilan qönğiroqlaşgan. Söngra yana tanişlaridan bugungi kunda yer faqat auksion şaklida sotib olinişi haqida eşitib, huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilgan. Uning murojaati asosida tezkor tadbir ötkazilib, sudlanuvçi qölga olingan. Sud hukmi bilan sudlanuvçiga 153 mln söm jarima jazosi tayinlangan.
Har galgi ssenariy
Bunyod Mahkamov Sanjar Şodiyevga nisbatan qözğatilgan jinoiy iş sud majlisida guvoh sifatida söralgan. U öz körsatmasida har safargi kabi “2025 yil mart oyi boşlarida uy-joy quriş va tadbirkorlik qiliş maqsadida böş yer maydoni izlagani” haqida gapirgan.
“...Öz tanişlarimdan yer maydonlarini sotib oliş va sotiş tartibi töğrisida söragan vaqtimda yer maydonlarini sotiş va sotib oliş faqatgina auksion savdolari orqali amalga oşirilişini, boşqa holatlar esa noqonuniy ekanini tuşuntirişdi. Keyin men Bekzod va Sanjar ismli şaxslarning harakatlari noqonuniy ekani, kelgusida aldanib qolişim mumkinligini anglab yetib, uşbu şaxsga nisbatan qonuniy çora körişni sörab ariza bilan IIBga murojaat qildim.
... Uyni haqiqatan ham oliş niyatim bor edi, oldin ham boşqa jinoyat işlarida arizaçi sifatida qatnaşmaganman”, degan u.
Oqlov hukmi
Sanjar Şodiyevga qözğatilgan jinoyat işi JIB Yangiobod tuman sudida sudya Tölqin Eşonqulov raisligida körib çiqilgan.
Sud hay’ati tergov materiallarida bir qator talablar buzilganini aniqlagan. Jumladan, Sanjar Şodiyev pora berişga dalolat qilgani holati böyiça dalillar mavjud emas, deb topilgan. Ya’ni sud tergovida tekşirilgan dalillarga köra, sudlanuvçining pora berişga dalolat qilganini isbotlovçi ovozli yozuv, sms yozişmalari yoki şu kabi boşqa obektiv dalillar aniqlanmagan.
Bundan taşqari, sud Bunyod Mahkamov aslida uyni sotib oliş niyati bölmagan, degan töxtamga kelgan. Bunga asos sifatida boşqa işlar doirasida ikkita holatda sudning ijro varaqasiga asosan Bunyod Mahkamovdan 19 mln va 39 mln söm qarz undiriş belgilangani, ammo har ikki holatdaundaundiruv qaratilişi mumkin bölgan mol-mulk yoki daromadlar mavjud emasligisababliijro işi tugatilganikeltirilgan.Şuningdek, u yaşaydigan mahalla raisi Bunyod Mahkamov işsizligi, oilasi esa kam ta’minlangan oilalar röyxatida turişi haqida ma’lumotnoma bergan.
Bu 38 ming dollarga mulk sotib olişga aslida Bunyod Mahkamovning iqtisodiy imkoni bölmagan, degan fikrni asoslagan. Qolaversa, u Sanjar Şodiyev uyni sotiş fikridan qaytganida 3 ming dollar qöşib berişini aytib, uni uyni sotişga undagan. Şu sababli, sud hay’ati Bunyod Mahkamov soxta xaridor bölib, şaxsni ğayriqonuniy harakatlar sodir etişga undagan hamda fuqaroni huquqbuzarlik sodir etişga dalolat qilgan, deb hisoblagan.
Şu va boşqa huquqiy asoslar bilan sud Sanjar Şodiyevga oqlov hukmi çiqargan.
Ajoyib juftlik
Bunyod Mahkamov jabrlanuvçi sifatida qatnaşgan işlarning barçasida u böş yer maydoni izlab, internetda berilgan e’lon asosida şaxslarni aniqlagan. Söngra uşbu şaxsga nisbatan qonuniy çora körişni sörab, ariza bilan Jizzax viloyati IIBga murojaat qilgan.
Qayd etilişiça, uning arizalariga asosan 3 ta holatda, jumladan, Sanjar Şodiyev işida ham Jizzax viloyati IIB katta tezkor vakili B.Boltayev tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Yollanma “jabrdiyda” Bunyod Mahkamov Jinoyat kodeksining turli moddalari bilan bir neça bor sudlangani aniqlangan. Şu sababli, sud Bunyod Mahkamov va Jizzax viloyat IIB katta tezkor vakili B.Boltayevning tezkor tadbirlarni ötkaziş harakatlari haqqoniyligiga baho beriş uçun Jizzax şahar prokuroriga xabar berişni lozim topgan.
Prokuratura protest kiritdi
Prokuratura Sanjar Şodiyevga çiqarilgan oqlov hukmiga nisbatan protest kiritgan. Unda oqlov hukmini bekor qilib, ayblov hukmi çiqariş söralgan. Iş Jizzax viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida körib çiqilgan.
Apellyatsiya sudining 2026 yil 16 fevraldagi ajrimi bilan protest qanoatlantirilmagan va oqlov hukmi kuçida qoldirilgan.
Sud ajrimida Bunyod Mahkamovning harakatlari, ya’ni soxta jabrlanuvçi sifatida bir neçta jinoyat işida qatnaşgani borasida quyidagiça keskin fikr qayd etilgan:
“Mazkur holatlar tezkor xodimlar tomonidan bitta şaxs bir neça jinoyat işlarida arizaçi sifatida iştirok etganini va jamiyat uçun zarar keltirayotgan haqiqiy jinoyatçilar çetda qolib, qöştirnoq içidagi şartli xaridorlar töriga tuşayotgan sodda işonuvçan insonlar jinoiy javobgarlikka tortilayotganini özida aks ettiradi”.
Qonunçilik yöl qöymaydi
Aslida “Tezkor-qidiruv faoliyati töğrisida”gi qonunning 17-moddasiga köra, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oşiruvçi organlarning fuqarolarni huquqbuzarliklar sodir etişga oğdirişi va undaşi taqiqlanadi. Jinoyat-protsessual kodeksining88-moddasi 4-bandida esaisbot qilişda şaxsni ğayriqonuniy harakatlar sodir etişga undaş va bunday undaş oqibatida sodir etilgan jinoyat uçun uni ayblaş taqiqlanadi, deya qayd etilgan.
Şuningdek, prezidentning 2020 yil 10 avgustdagi “Sud-tergov faoliyatida şaxsning huquq va erkinliklarini himoya qiliş kafolatlarini yanada kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonida tergovga qadar tekşiruv, suriştiruv va dastlabki tergov organlari xodimlari tomonidan şaxsni ğayriqonuniy harakatlar sodir etişga undaş va bunday undaş oqibatida sodir etilgan jinoyat uçun uni ayblaş taqiqlanişi, bunda tezkor-qidiruv tadbirlari natijalari faqat ular qonun talablariga asosan olingan va şaxsda huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari yoki tezkor tadbirda iştirok etgan boşqa şaxslarning harakatlariga boğliq bölmagan holda jinoyat sodir etiş uçun şakllangan qasd mavjud bölgandagina sud hukmida dalil sifatida tan olinişi mumkinligi belgilangan.
Qolaversa, Oliy sud Plenumining 2018 yil 24 avgustdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-protsessual qonuni normalarini qöllaşning ayrim masalalari töğrisida”gi 24-son qaroriga köra, suriştiruvçi, tergovçi va sud tomonidan qonun normalarini aniq bajarişdan va unga rioya qilişdan har qanday çekiniş, u qanday sababga köra yuz berganidan qat’i nazar, şu yöl bilan olingan dalillarning maqbul emas (yaroqsiz) deb topilişiga olib keladi. Maqbul bölmagan dalillar yuridik kuçga ega bölmay, isbotlaş uçun foydalaniş hamda ularni ayblov asosiga qöyiş mumkin emas.
Faqat Jizzaxda emas
Içki işlar xodimlari kimnidir jinoyatçiga aylantirib, javobgar qilişdan manfaatdormi? Yoki tizimda “plan töldiriş” majburiyati borligi haqiqatmi? Jinoyat işlarida ismlari takrorlanadigan “dejurniy” jabrlanuvçilar kim va ular bu işdan qanday manfaat köradi? Sanjar Şodiyevniki kabi uyuştirilgan ayblovlar ana şunday savollarni örtaga çiqaradi.
Aslida “jinoyatga undab, söngra jinoyatçiga aylantiriş” usuli faqatgina Jizzax viloyatida emas, boşqa hududlarda ham kuzatilmoqda. Kun.uz yaqin kunlarda boşqa viloyatlardagi “dejurniy” jabrlanuvçilar haqida ham suriştiruv ötkazadi.