Uruşda 14 kunlik sulh e’lon qilinarkan, har bir tomon özini «ğolib» deb e’lon qildi. OAV bilan gaplaşgan Eronning Özbekistondagi elçisiga köra, AQŞ va Isroil öz maqsadlariga erişa olmadi. Ular Eronni bölib taşlab, fuqarolar uruşi alangasini yoqişmoqçi edi, biroq biz sezilarli ğalaba qozondik, deydi diplomat Ali Iskandariy.

28 fevralda boşlangan uruş oqibatida Eron katta talafot kördi, AQŞning esa xalqaro obröyiga putur yetdi. Hörmuz böğozining yopilişi hozirgaça bölgan davrda muhim rol öynadi va oxir-oqibat tomonlar 14 kunlik sulhga kelişdi. Biroq bu rostdan ham öt oçişning töxtaşimi yoki keyingi bosqiçga tayyorgarlik uçun sun’iy muhlatmi – buni vaqt körsatadi.  

OAVda uşbu otaşkesim uçun Xitoyning Eronga ta’siri xususida materiallar tarqagan. Kun.uz’ning ayni ma’nodagi savoliga javob bergan Eron Islom Respublikasining Özbekistondagi elçisi Muhammad Ali Iskandariy fikriça, biror davlat Tehronga bosim ötkazmagan. Aksinça, Xitoy, Rossiya va hattoki Yevropa davlatlari ham biz tomonimizda böldi, deydi diplomat.

“Eronga avvalambor heç kim bosim körsatgani yöq bu borada. Bu yerda köproq Amerika va Isroilga bosim körsatildi. Boşqa davlatlar tomonidan emas, balki bevosita özining azaliy ittifoqçilari tomonidan. Birinçidan, NATO bu uruşga aralaşmaganligining özi katta bosim ularga. Ikkinçidan Angliya, aytaylik, ularning talablarini bajarmaganligi jiddiy bosim. Tramp bunga javoban Buyuk Britaniyaning kemalarini masxara qildi, masalan, flotini masxara qildi va bular ham bosimning natijasi edi. Ha, albatta Xitoy ham Amerikaga bosim ötkazoldi, musulmon davlatlarini ham misol qilib keltirsak böladi. Menimça, mana şuni sal avvalroq qiliş kerak edi, şunda öt oçişni töxtatişga oldinroq rozi bölgan bölişardi. BMTda Xitoy va Rossiya birinçi marta Eron manfaatlari uçun vetodan birgalikda foydalandi. Ular Hörmuzni BMT Xavfsizlik kengaşidan foydalangan holda oçişmoqçi edi, majburiy tarzda, lekin Xitoy va Rossiya Eron tomonda turib ovoz berdi”, deydi Eronning Özbekistondagi elçisi.  

Diplomatning qöşimça qilişiça, bu aksinça AQŞga bosim edi.  

“Ya’ni bu bizga emas, aksinça, Amerika Qöşma Ştatlariga körsatilgan bosim deb bilamiz. Biz uruş va tinçlik kabi öta muhim masalalar böyiça qaror qabul qilişda, birinçi navbatda özimizning milliy manfaatlarimizga asoslanamiz. Ya’ni, biz Amerikadek davlatga qarşi çiqa olgan ekanmizmi, demak boşqa davlatlarning bosimiga bemalol qarşi turamiz. Lekin bu yerda Xitoy bizni qöllab-quvvatladi, Rossiya qöllab-quvvatladi, hatto yevropaliklar ham bizni qöllab-quvvatlaşdi. Albatta, ayrim mamlakatlar uruş boşida masalaning mohiyatini tuşunişmagan edi, Amerika nimalar qilayotgani, maktablarni urib taşlayotganini körib, fikrlarini özgartirişdi. Biz bosim emas, qöllab-quvvatlaş va muhabbat obektiga aylandik”,