Mualliflarning ta’kidlaşiça, zamonaviy ilovalar, ayniqsa Android platformasida fon rejimida işlay oladi, telemetriya ma’lumotlari va reklama uçun axborot töplaydi. Bu esa qurilma samaradorligini pasaytiradi va batareya tezroq tugaşiga olib keladi.

Mutaxassislarning sözlariga köra, birinçi navbatda ijtimoiy tarmoq ilovalari ana şunday ilovalar qatoriga kiradi. Masalan, Facebook, TikTok, X va boşqa servislar foydalanuvçi haqida ma’lumotlarni yiğib, unga mos kontentni körsatadi.

Şuningdek, striming ilovalari ham qurilma işlaş tezligiga ta’sir qilişi mumkin. Masalan, Netflix onlayn-kinoteatri va Spotify musiqa xizmati ma’lumotlarni keşda saqlaydi. Xotira yetişmasligi sababli smartfon sekinroq işlay boşlaydi.

Google Maps, Waze kabi navigatsiya dasturlari internetsiz ham işlay olişi uçun ma’lumotlarni keşda saqlaydi.

Ob-havo ilovalari ham resurslarni sarflaydi. Masalan, Pixel Weather, Weather Underground, Weawow kabi servislar meteoma’lumotlarni doimiy yangilab turadi, internet-trafikni işlatadi va batareya quvvatini kamaytiradi.