Hukumat qarori bilan «Örta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, şuningdek, kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş taşkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga köra, davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş quyidagi bosqiçlardan iborat:

- 1-bosqiç - arizani rasmiylaştiriş;

- 2-bosqiç - ta’lim sifatini içki baholaş;

- 3-bosqiç - ta’lim sifatini taşqi baholaş;

- 4-bosqiç - davlat akkreditatsiyasi böyiça yakuniy qaror qabul qiliş.

Ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş töğrisida arizalar kelgusi öquv yilida faoliyatini boşlaş uçun har yili 1 oktyabrdan kelgusi yilning 31 yanvarigaça qabul qilinadi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

- litsenziya/yuridik şaxsning guvohnoma nusxasi;

- arizani körib çiqiş uçun belgilangan miqdordagi yiğimlarni amalga oşirganlik töğrisidagi ma’lumotnoma;

- davlat akkreditatsiyasi jarayonlariga biriktirilgan mas’ul xodimning ma’lumotlari.

Arizalar 15 iş kunida körib çiqiladi.

Ta’lim dasturi davlat akkreditatsiyasidan ötgani e’tirof etilganda, maxsus davlat akkreditatsiyasidan ötgani töğrisidagi sertifikat 1 hafta muddatda beriladi va mazkur ta’lim dasturi böyiça kadrlar tayyorlaşga ruxsat etiladi.