Orol dengizi dengiz deb atalsa-da, aslida u köl hisoblanadi. XX asrda u dunyodagi hajmi böyiça törtinçi yirik köl sanalgan.

Radiokarbon tahlili ma’lumotlariga köra, Orol dengizi taxminan 17,6 ming yil avval toğ muzliklarining erişi natijasida şakllangan. Dastlab köl toza suvli bölgan, faqat bir neça ming yildan keyin uning şörlaniş darajasi sezilarli oşgan. Uning suv sathi doimiy bölmagan, nisbatan sersuv holatiga esa XVI asrning ikkinçi yarmida erişgan.

Orolni örganişga urinişlar XVIII asrda ham bölgan, ammo ular yuzaki xususiyatga ega edi. Orolböyi hududidagi birinçi ilmiy ekspeditsiya 1848–1849 yillarda ötkazilgan. Ekspeditsiyaga kapitan-leytenant Aleksey Butakov rahbarlik qilgan. Tadqiqot iştirokçilari Orol dengizining töliq tavsifini tuzgan, jumladan, çuqurliklarini baholagan va orollarini örgangan.

Orol dengizining 1853 yilgi xaritasi / © A. Petermann, The Journal of the Royal Geographical Society of London / Wikipedia

Dengiz vazirligining Gidrografiya departamenti 1950 yilda Orolning dengiz xaritasini naşr etgan. Xaritaga qirğoq çiziği, quyiladigan daryolar deltalari va irmoqlar batafsil tuşirilgan. Şuningdek, qirğoq va orol landşaftiga alohida e’tibor qaratilgan. Xaritada toğlar, keçuvlar, töğonlar va aholi punktlari ham körsatilgan. Xarita masştabi 1 dyuymda 15 verst bölgan — bu taxminan 1 santimetrda 6,3 kilometrga töğri keladi.
 

Orol dengizining 1950 yilgi xaritasi / © Butakov A.I., Pospelov K.Ye. / Dengiz vazirligi Gidrografiya departamenti / rusneb

1853 yilgi variant esa «Qirollik geografiya jamiyati jurnali»da çop etilgan. Gravyura muallifi kartograf Avgust Peterman bölgan.

XX asrning 60-yillari boşida Orol dengizi quriy boşladi. Buning asosiy sabablaridan biri — Amudaryo va Sirdaryodan suvning juda katta hajmda olinişi böldi. Uşbu suv qişloq xöjaligi ehtiyojlari, avvalo paxta yetiştirişni suğoriş uçun işlatilgan. 1989 yilda köl ikki suv havzasiga bölinib ketdi. Özbekiston hududida joylaşgan Janubiy (Katta) Orol deyarli butunlay Orolqum çöliga aylandi. Şimoliy Orolda esa suv sathi Kökaral töğoni tufayli asta-sekin barqarorlaşmoqda.