Gap koronavirusga qarşi antitanalardan 10 marta kiçikroq bölgan oqsil birikmasi haqida bormoqda. U koronavirusga qarşi vositani yaratişda qöllangan.
AQŞning Pitsburg universiteti olimlari kam dozada ham koronavirus ta'sirini butkul yöqqa çiqaruvçi oqsilni aniqlaşdi.
Uşbu oqsil antinanadan 10 marta kiçikroq bölib, u koronavirusga qarşi Ab8 vositasini işlab çiqişda qöllangan. Tadqiqotlar davomida Ab8 siçqon va olmaxonlarda (xomyak) koronavirusning oldini olişda va davolaşda juda samarali ekani aniqlangan.
“Molekulaning mitti ölçamdaligi uning töqimalarga kirişib ketiş [diffuziya] imkoniyatini oşiradi. Bu esa virusni yaxşiroq neytrallaşga yordam beradi va vositani ingalyatsiya usulida kiritiş imkonini beradi. Vosita inson hujayralari bilan birikmaydi va bu ikkilamçi salbiy ta'sirlarni minimallaştiriş imkonini beradi”, deyilgan tadqiqotda.
Oqsil birikmasi koronavirusning S-oqsili bilan aloqaga kirişa oluvçi 100 mlrdta molekulani tezkor tahlil qiliş usuli bilan topilgan. Koronavirus aynan S-oqsili yordamida organizmga kiradi.
Oqsil birikmasi immunoglobulin bilan qöşilganda Ab8 hosil bölib, u antitana funksiyasini oladi.
Ab8 laboratoriya jonzotlarida eng kiçik dozada ham virus zarralari miqdorini 10 marta kamaytirgan.













