Frensis Krik instituti olimlari guruhi laboratoriya tajribasi ötkazib, virus “tojlari” hujayralarga mahkam birikiş uçun turli şakllarga kirişi mumkinligini aniqlaşdi.

“Grippning ham, OIVning ham bunday murakkab kiriş mexanizmi yöq”, deb aytilgan tadqiqotda. 

Koronavirusning tojlari laboratoriya şaroitlarida turli şakllarga juda tez – 60 soniyada kira olgan. Biroq real şaroitlarda unga buning uçun köproq vaqt talab etiladi.

Olimlarning fikriça, koronavirus özini antitanalar tomonidan aniqlanişdan himoyalaş uçun şunday transformatsiya qiladi.

Olimlarning ta'kidlaşiça, bu tadqiqot virusning bunçalik yuqumli ekani va unga qarşi qanday kuraşiş kerakligini tuşunişda yordam beradi.