Dunyodagi eng katta A23a aysbergi öz maydonining yana 7 foizidan ayrildi — hozirda uning kattaligi Moskva şahridek, deb xabar beradi Arktika va Antarktika ilmiy-tadqiqot instituti.
Qayd etilişiça, aysberg bir neça kun içida 60 kilometr masofani suzib ötgan.
«Ulkan A23a aysbergi sayozlikdan çiqib, yana Janubiy okean suvlarida suzişni boşladi. Iyunning ilk kunlarida okean oqimlari ta’sirida A23a aysbergi şarqiy yönalişda 60 kilometr suzdi va hozir Annenkov kimsasiz orolidan 74 kilometr uzoqlikda», — deyiladi xabarda.
A23a aysbergi Antarktida sohillaridan 1986 yilda ajralib çiqqan, biroq köp ötmay Veddell dengiziga «tiqilib qolgan». Öttiz yil davomida u statik «muz oroli» sifatida turgan, joyidan qimirlamagan. 2020 yilga kelib u yana harakatlanişni boşlagan. Aprel boşlarida A23a Antarktidaning sirkumpolyar oqimiga kirib qolgandi — bu Yer yuzidagi barça daryolarda oqadigan suvdan yuz barobar köproq suvni aylantiradigan ulkan kuç hisoblanadi. Ötgan yilning dekabr örtalarida A23a aysbergi Skotiya dengizidagi tuzoqdan çiqib, Janubiy okean tomon harakatlanişni boşlagani töğrisida xabar berilgandi.
Joriy yilning fevralida aysbergdan maydoni 80 kilometr kvadratga yetadigan muz bölagi ajralib tuşgani ma’lum bölgan edi.











