Janubiy Atlantikada sayyoradagi eng katta aysbergdan maydoni 80 kilometr kvadratga yetadigan muz bölagi ajralib tuşdi. Bu haqda Arktika va Antarktika ilmiy-tadqiqot instituti matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ulkan A23a aysbergi ayni vaqtda Janubiy Jorjiya orollaridan 340 kilometr uzoqlikda suzmoqda. Sekinlik bilan aylanayotgan aysberg 10 kun içida sohil çiziğidan taxminan 40 kilometrga uzoqlaşgan. Kuni keça esa aysbergdan maydoni 80 kilometr kvadratga yetadigan muz bölagi ajralib tuşgan — bu muz gigantining qariyb 2 foizini taşkil etadi.
Şunday qilib, 2023 yil noyabrdan — aysberg toza suvda suzişni boşlaganidan beri uning maydoni 11 foizga qisqargan.
A23a aysbergi Antarktida sohillaridan 1986 yilda ajralib çiqqan, biroq köp ötmay Veddell dengiziga «tiqilib qolgan». Öttiz yil davomida u statik «muz oroli» sifatida turgan, joyidan qimirlamagan. 2020 yilga kelib u yana harakatlanişni boşlagan. Aprel boşlarida A23a Antarktidaning sirkumpolyar oqimiga kirib qolgandi — bu Yer yuzidagi barça daryolarda oqadigan suvdan yuz barobar köproq suvni aylantiradigan ulkan kuç hisoblanadi. Ötgan yilning dekabr örtalarida A23a aysbergi Skotiya dengizidagi tuzoqdan çiqib, Janubiy okean tomon harakatlanişni boşlagani töğrisida xabar berilgandi.

Aysberg 2024 yil davomida 1,4 ming kilometrga yaqin masofani bosib ötgan. Olimlarga köra, 2025 yilning dastlabki ikki haftasi davomida A23a Janubiy Jorjiya orollari yönalişida suzgan, ammo yanvar örtalariga kelib yönalişini ğarb tomon özgartirgan, oy oxirida esa bir joyda aylanişni boşlagan.
«Uning harakatining keyingi trayektoriyasi şamol va okeanning şu qismidagi oqimga boğliq», — deyiladi xabarda.











