Avto | 20:43 / 23.04.2026
3243
2 daqiqa o‘qiladi

Birinchi Ferrari Luce elektromobili boshlang‘ich narxi 650 ming dollarni tashkil etadi

Kompaniyaning ta’kidlashicha, an’anaviy V12 yoki V8 dvigateli bo‘lmasa ham, yangi elektromobil brend ruhini saqlab qoladi va modellar qatorining eng yuqori pog‘onasidan joy oladi.

Avarvarii illyustratsiyasi

Ferrari o‘zining birinchi to‘liq elektromobilini - Luce modelini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bloomberg nashriga ko‘ra, Italiya avtokonserni 650 ming dollar atrofida dastlabki boshlang‘ich narxni allaqachon tasdiqlagan. Bu esa Luce’ni tarixdagi eng qimmat Ferrari avtomobillaridan biriga aylantiradi - bu narx Purosangue, 12Cilindri va hatto ko‘plab cheklangan narxdagi superkarlardan ham qimmatroq.

Foto: Ferrari 

Narx nega qimmat?

- Luce liniyaning flagmani sifatida namoyon bo‘ladi va umumiy quvvati 1000 ot kuchidan ortiq bo‘lgan to‘rtta elektr motor bilan jihozlanadi.

- 0-100 km/soat tezlanish — 2,5 soniyadan kam.

- Bu to‘rt o‘rindiqli avtomobil (shakli bo‘yicha Purosangue'ga yaqin, lekin elektr «motor» bilan).

- Interer Apple sobiq dizaynerlari Joni Iv va Mark Nyuson ishtirokida ishlab chiqilgan. U sensorli ekranlardan voz kechib, taktil kalitlar va shisha tugmalarni afzal ko‘radi.

Ferrari kompaniyasining ta’kidlashicha, an’anaviy V12 yoki V8 dvigateli bo‘lmasa ham, yangi elektromobil brend ruhini saqlab qoladi va modellar qatorining eng yuqori pog‘onasidan joy oladi. Yakuniy narx ±10 foiz atrofida o‘zgarishi mumkin, ammo hozirning o‘zida u brend modellarining aksariyatidan sezilarli darajada yuqori.

Luce premerasi 25 may kuni Rimda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Shundan so‘ng buyurtmalarni qabul qilish boshlanadi va narxga qaraganda, eng badavlat mijozlar orasida navbat oldindan tuziladi.

Bu Ferrari'ning elektrlashtirish davridagi dadil qadamidir. Bir tomondan, eksklyuzivlikni saqlab qolish va katta foyda. Boshqa tomondan, xavf mavjud: o‘ta boy mijozlarning toza elektromobillarga bo‘lgan talabi hozircha pastligicha qolmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid