22 aprelga ötar keçasi Ukraina dronlarining Samara oblasti Sizran şahriga hujumi oqibatida tört qavatli uy pod’yezdi vayron böldi.
Qutqaruvçilar xarobalar ostidan ikki kişining jasadini topişgan, FVV bu keksa yoşli ayol va bola ekani haqida xabar bergan. Keyinroq Mash telegram-kanali aniqlik kiritib, bular bitta kvartirada yaşagan buvi va nabira bölganini ma’lum qildi. Yana 12 kişi jarohatlangan, şundan uç nafari şifoxonaga yotqizilgan.

Qutqaruvçilar xarobalar ostidan yana tört kişini, jumladan, bir bolani xarobalar ostidan tirik holda çiqarib olişgan. Uydan jami 39 kişi evakuatsiya qilingan, rasmiylar ular uçun vaqtinçalik joylaştiriş punkti taşkil etişga va’da bergan. Hozirda qidiruv işlari yakunlangan.
RF tergov qömitasi terakt yuzasidan jinoiy iş oçdi. Idora ma’lumotiga köra, Sizranda jami 11 ta dron hujumi qayd etilgan.
Mash va Baza manbalari dronlardan yana biri ön qavatli turar joy binosiga borib urilganini xabar qilgan. Uşbu binoning oltinçi qavatidagi kvartiralardan birida yonğin çiqqan, şuningdek, dron parçalari tuşişi oqibatida ikkita maşina yonib ketgan. Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan.

Ukrainadagi ayrim pabliklar dronlardan biri «Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi faoliyati» tufayli yönalişdan oğib, turar joy binosiga borib urilganini haqida yozgan. Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi hujum yuzasidan izoh bermagan.

Astra telegram-kanali e’tibor qaratişiça, vayron bölgan uy Sizran neftni qayta işlaş zavodidan taxminan uç kilometr masofada joylaşgan. Bu zavod oldin bir neça bor Ukraina dronlari hujumiga uçragan, oxirgisi 18 aprel kuni qayd etilgandi. Dekabr oyida şunday hujumlardan biridan keyin zavod neftni qayta işlaşni töliq töxtatgandi.
«Agenstvo» naşri qayd etişiça, bu uruş boşidan buyon Ukraina hujumi natijasida Rossiya içkari hududlarida turar joy binosi qulaşi bilan boğliq ilk holat böldi. Sizran şahridan RF va Ukrainaning rasmiy çegarasigaça bölgan masofa 700 kilometrdan ortiqni taşkil etadi.








