IIMK bayonotiga köra, AQŞ armiyasi ta’siri ostida harakat qilgan uçta neft tankeri Hörmuz böğozining janubidagi minalaştirilgan yölak orqali ötişga uringan.
Bayonotda aytilişiça, tankerlardan biri portlab, unda kuçli yonğin çiqqan. Şundan söng qolgan ikki kema ortga qaytgan.
IIMK öz harbiy-dengiz kuçlari AQŞ mintaqada “tajovuzkor harakatlarini“ davom ettirayotgan ekan, Hörmuz böğozini tösib turişda davom etişini bildirdi. Şuningdek, Eron bilan kelişmasdan böğozdan ötişga uringan har qanday kema portlagan tanker taqdiriga duç kelişi haqida ogohlantirildi.
FT: Georgios Prokopiuga tegişli tanker Eron tomonidan olib ketilgan bölişi mumkin
23 iyul kuni ertalab Financial Times sun’iy yöldoş tasvirlariga tayanib, grek tadbirkori va dengiz taşuv kompaniyalari egasi Georgios Prokopiuga tegişli Kavomaleas tankeri Eron suvlariga buksir qilingan bölişi mumkinligini xabar qildi.
Naşr ma’lumotiga köra, tanker 19 iyul keçqurun Hörmuz böğozida öqqa tutilgan. Kema Ömondan yölga çiqqan bölib, Fors körfazi tomon harakatlanayotgan paytda unga ikkita snaryad tekkan.
Hujum oqibatida maşina bölimida yonğin çiqqan va ekipaj kemani tark etişga majbur bölgan.
Yevropa kosmik agentligi (ESA)ning 21 iyuldagi sun’iy yöldoş tasvirlarida ölçami va palubasi rangi Kavomaleas tankeriga mos keladigan kema Eron hududiy suvlarida, Larak oroli yaqinida turgani aks etgan. Suratlarda uning maşina bölimidan tutun kötarilayotgani ham körinadi.
Financial Times ta’kidlaşiça, tanker hujumga uçragan dengiz hududi hozir böş. Tahlilçilar yuqori ehtimol bilan kema Eron tomonidan qölga olingan deb hisoblamoqda.
Naşr ma’lumotiga köra, tanker Fors körfazida 500 ming barreldan ortiq neft yukini qabul qilişi kerak edi. Sun’iy yöldoş tasvirlarida hujumga uçragan kema ortidan neft izi ham körinadi.
Tanker egasi bölgan Dynacom kompaniyasi kemaga nisbatan heç qanday köçiriş yoki buksirlaşga ruxsat bermaganini bildirdi. Kompaniya hozirda tankerning qayerdaligini aniqlaşga urinmoqda.
Hörmuz böğozida tankerlarga hujumlar
Financial Times ma’lumotiga köra, AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi davomida Hörmuz böğozida jami 45 ta kema turli hujumlarga uçragan. Naşr qayd etişiça, Kavomaleas bilan boğliq holat mojaro boşlanganidan beri Eron tomonidan kema qölga olingani haqidagi uçinçi ehtimoliy holat hisoblanadi.












